03:53 23 Iyun 2018
Efir
  • RUB124.89
  • EUR9150.95
  • USD7883.99
Pervыy zamestitel predsedatelya Senata Sadыk Safayev

Sodiq Safoyev: terrorchilar yoshi tobora yosharmoqda

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Siyosat
Havola olish
58310

Sodiq Safoyev nima uchun yoshlar koʻproq terrorchilik xavfi oldida zaif qolayotgani sabablarini sanab oʻtdi

TOSHKENT, 11 iyun — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizatsiyani oldini olishga yoshlarni jalb qilish zarurati haqida xabardorlikni oshirish va siyosiy tavsiyalar ishlab chiqishga bagʻishlangan xalqaro anjuman oʻtkazildi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu anjumanni tashkil etish tashabbusi Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan oʻtgan yili noyabr oyida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti(YEXHT)ning Bosh kotibi Tomas Greminger bilan boʻlgan uchrashuv chogʻida ilgari surilgan.

Anjumanda birinchilardan nutq soʻzlagan Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev ishtirokchilarga Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida xalqaro hamjamiyat eʼtiborini terrorchilik tahdidlariga qarshi kurashish muammosiga qaratganini eslatib oʻtdi.

Safoyev prezident oʻz nutqida ikkita fundamental masalaga urgʻu berganligini qayd etdi.

"Birinchidan, oxirgi yillarda jahonda terrorchilik tahdidi tobora kuchayayotganligi, ularga qarshi kurashishda asosan kuch ishlatishga tayanish oʻzini oqlamayapti. Koʻpincha asosiy harakatlar bu illatni keltirib chiqaruvchi sabablarga emas, balki uning oqibatlarini yoʻq qilishga qaratilmoqda. Vaholanki, hozirgi zamondagi nizolar, terrorizm, ekstremizm va zoʻravonlik tubida eng avvalo, jaholat va adovat yotibdi.

Demak, bunga qarshi kurash birinchi navbatda maʼnaviyat, maʼrifat, taʼlim, ijtimoiy sohalar vositalari evaziga olib borilmogʻi lozim. 

Ikkinchidan, ekstremistik faoliyat va zoʻravonlik bilan bogʻliq koʻpgina jinoyatlar 30 yoshga toʻlmagan yoshlar tomonidan sodir etilmoqda", — Mirziyoyevning BMTdagi nutqidan iqtibos keltirdi Sodiq Safoyev.

Siyosatchi shuningdek, mutaxassislar maʼlumotiga koʻra bugun 18 yoshga toʻlmagan 300 ming nafar oʻsmir jangarilar qurolli toʻqnashuvlarga jalb etilganligini aytdi.

"Ushbu mojarolarning 80 foizida 15 yoshga toʻlmagan yigit va qizlar ishtirok etmoqda. Yevropa davlatlaridan terroristik guruhlarga qoʻshilgan shaxslarning oʻrtacha yoshi 2000 yillarning boshida qariyb 28 yosh boʻlgan boʻlsa, bugungi kunga kelib 20 ga yaqin. Yaʼni tobora yosharmoqda", — dedi Safoyev.

Siyosatchi shuningdek, nima uchun yoshlar xavfli oqimlar oldida zaif qolayotgani sabablariga toʻxtalib oʻtdi.

"Yoshlar hayotiy tajribaga ega emas. Ularda oʻz qobiliyatini, hatto soxta gʻoyalarga ergashib boʻlsada namoyish qilish istagida. Xalqaro mehnat migratsiyasining eng katta qatlamini aynan yoshlar tashkil etadi va ular oʻzga yurtlarda marginallashgan holda hayot kechirmoqdalar. Va nihoyat internet tarmogʻidan foydalanuvchilarning asosiy qismi — bu yoshlardir", — dedi Safoyev.

Safoyev shuningdek, Yer sayyorasida yoshlar son jihatdan insoniyat tarixidagi eng yirik avlod ekanligini, aynan yoshlar insoniyat kelajagini belgilab berishini, ular bilan ishlash — Hukumatlar, parlamentlar, xalqaro tashkilotlar faoliyatida markaziy oʻrinni egallash kerak deya taʼkidladi.

"Yoshlar siyosatining xalqaro siyosatini ishlab chiqish, yosh avlodni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasida koʻp tomonlama hamkorlikni rivojlantirish katta ahamiyatga ega. BMTning yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi Konventsiyani ishlab chiqish haqidagi Oʻzbekiston tashabbusini qoʻllab-quvvatlash muhim deb hisoblayman, yoshlarning ongi uchun kurashish — bizning eng mushtarak vazifamizdir", — dedi oʻz nuqi yakunida Safoyev.

XIX Vsemirnыy festival molodeji i studentov
Sputnik / Tatyana Milkovich
Anjuman davomida soʻzga chiqqan xorijiy ekspertlar oʻz nutqlari doirasida Markaziy Osiyo mintaqasidagi shart-sharoitlarga, hamda yoshlarni jalb qilish orqali terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizatsiyani oldini olish boʻyicha siyosatni amalga oshirishdagi inson huquqlari va sud-huquq tizimi mustaqilligi nuqtai-nazaridan vujudga kelishi mumkin boʻlgan muammolarga eʼtibor qaratidlar.

Ushbu xalqaro anjuman 2016 yilda Germaniya raisligida qabul qilingan YEXHTning terrorizmni odini olish va unga qarshi kurash boʻyicha sayi-harakatlarini mustahkamlashga oid Ministrlik deklaratsiyasi va 2015 yilda Seriya raisligida qabul qilingan terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizatsiyani oldini olish va unga qarshi kurash boʻyicha Deklaratsiyasiga javoban tashkil etilgan va Oʻzbekistonda oʻtkazilayotgan birinchi tadbir hisoblanadi. 

Asosiy mavzular