12:57 17 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Kaxramon Kuranbayev

Yoshlar yetakchisi faqat yutuqlar emas, muammolar ham borligini tan oldi

© Ofitsialnыy sayt gubernatora Astraxanskoy oblasti
Siyosat
Havola olish
47711

Yoshlarni terrorizm yoʻlidan qaytarish uchun nima qilmoq kerak? Ushbu masalaga javob topish uchun butun dunyodan xalqaro ekspertlar Toshkent shahriga yigʻildilar. "Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi" yetakchisi anjumanda nutq soʻzladi

TOSHKENT, 11 iyun — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev Toshkentda terrorizmga qarshi kurashishda yoshlarning roli mavzusida oʻtkazilgan xalqaro anjumanda shu kechayu-kunduzda ham yoshlarning ishga joylashishi eng dolzarb va muhim masalalardan biri boʻlib qolmoqda, deya taʼkidladi.

"Yoshlar bilan faoliyatda ijobiy oʻzgarishlar bilan bir qatorda yechimi topilmagan muammolar ham bor. Biz uchun shu bugun ham yoshlarning ishga joylashishi eng dolzarb va muhim masalalardan biri boʻlib qolmoqda", — dedi Oʻzbekiston prezidenti Davlat maslahatchisi.

Quronboyev shuningdek, bugungi xalqaro konferentsiyada muhokama uchun tanlangan mavzu juda dolzarbligini eʼtirof etdi.

"Bu konferentsiyaning Oʻzbekistonda oʻtkazilishi tasodif emas. Maʼlumki, butun dunyoda yangi tahdilar va chaqiriqlar vujudga kelishi xavfi ortib bormoqda. Barchamiz bilamiz-ki, Oʻzbekistonning qariyb 60%ini yoshlar tarshkil etadi. Oʻzbekistonda olib borilayotgan siyosat mohiyati shundan iboratki — hech bir yosh eʼtibordan chetda qolmasligi darkor. Bu oʻrinda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi amaliy ishtiroki bilan muhim rol oʻynamoqda", — dedi yoshlar yetakchisi.

"Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi" — oʻzbek yoshlarining qonuniy manfaatlari va huquqini himoya qiladigan tashkilot, deb hisobot berdi xalqaro ekspertlarga Quronboyev hamda bugungi kunda Oʻzbekistondagi barcha oʻquv yurtlari, tuzilmalar va muassasalarda yetakchilar kengashi oʻz faoliyatini boshlaganini maʼlum qildi.

Quronboyevga koʻra, ayni vaqtda Yoshlar ittifoqi aʼzolari soni 10 million nafardan oshgan.

Yoshlar ittifoqi raisi soʻzlariga koʻra 2017 yil davomida 5 mingdan ortiq yoshlar oʻz uy-joylariga ega boʻlishgan, Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi kafillik maktublari asosida oʻrtacha yoki yengil turdagi jinoyatlarni amalga oshirgan 208 nafar yoshlar sud zalidan olib chiqib ketilgan.

Quronboyev ekstremizm bilan bogʻliq jinoyatlarning aksariyatini 30 yoshga toʻlmagan yoshlar tomonidan amalga oshirilishi hech kimga sir emasligini taʼkidlab oʻtdi. Quronboyevga koʻra, bu yoshlar koʻpdan-koʻp hollarda moddiy yetishmovchilik va din sohasidagi elementar bilimlarga ega boʻlmaganligi tufayli terrorchilar toʻriga ilinadi.

"Oʻtgan yilning noyabr oyida Rossiyada mehnat migantlari bilan uchrashuv oʻtkazdik. Aynan migrantlar bilan uchrashuvda oʻzimizni qiynagan koʻpgina savollarga javob topdik. Yosh vatandoshlarimiz na til na oʻz huquq va erkinliklarini bilmagan xolda xorijga ishga chiqib ketar ekan. Tabiiyki bu holda ular terrorchilik guruhlari uchun oson oʻljaga aylanadi", — dedi prezident Davlat maslahatchisi.

Quronboyev Yoshlar ittifoqi aynan shu bois mehnat migrantlari bilan faoliyatni kuchaytirganligini maʼlum qildi. "Tillarni bepul oʻrganish imkoniyatini taqdim etmoqdamiz. Bizning mutaxassislar bu turdagi yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishda oʻz yordamini ayamayapti", — deb qoʻshimcha qildi u.

Asosiy mavzular