Tramp Kim Chen In bilan uchrashdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishVoyenniy parad, posvashenniy 100-letiyu so dnya rojdeniya Kim Ir Sena
Voyenniy parad, posvashenniy 100-letiyu so dnya rojdeniya Kim Ir Sena - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuv Singapurning ko‘prik bilan ajratilgan qismidagi Sentos kurort orolida, "Kapella" mehmonxonasida bo‘lib o‘tmoqda. Mehmonxona foyesida KXDR va AQSh bayroqlari o‘rnatilgan, ularda bir xil ranglar uchraydi - ko‘k, qizil va oq

TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Kim Chen In va Donald Tramp seshanba kuni ertalab KXDR va AQSh o‘rtasida Singapurda o‘tkazilgan birinchi sammitda uchrashdilar.

Vstrecha liderov Yujnoy i Severnoy Korei - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Koreya OAVlari tomonidan Kim Chen In poyabzali siri oshkor etildi
Uchrashuv Singapurning ko‘prik bilan ajratilgan qismidagi Sentos kurort orolida, "Kapella" mehmonxonasida bo‘lib o‘tmoqda. Mehmonxona foyesida KXDR va AQSh bayroqlari o‘rnatilgan, ularda bir xil ranglar uchraydi — ko‘k, qizil va oq.

Kim Chen In va Tramp uchrashuv boshlanishida bir-biriga tabassum qilishgan va bir-birining qo‘llarini siqishgan.

"Bu men uchun sharaf. Munosabatlarimiz a’lo bo‘ladi, mening bunga shubham yo‘q", — degan Tramp.

Tramp bu so‘zlarni aytganda, gap o‘zaro munosabatlar haqida bormoqdami, yoki davlatlararo aniqlik kiritmagan.

Kim Chen In o‘z navbatida Pxenyan va Vashington munosabatlardagi muammolarni yengib o‘tayotganini ta’kidlagan.

"O‘tmishimiz oyoqlarimizga kishan solsa-da, eshitish va ko‘rishga xalal bergan bo‘lsa-da, biz barchasini yengib bugun shu yerga yetib keldik", — deb ta’kidlagan shimoliy koreyalik rahbar.

Lideri KNDR i Yujnoy Korei Kim Chen In i Mun Chje In - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Koreya rahbari Kim Chen Inga ichida yangi iqtisodiyot loyihasi bo‘lgan fleshkani topshirdi
"Bu haqiqat", — deb tasdiqlagan Tramp.

Birga-bir formatidagi suhbat protokolda rejalashtirilgani kabi 45 daqiqaga yaqin davom etgan. AQSh prezidenti muzokaralar "juda va juda yaxshi" o‘tganligini ta’kidlab, "katta muammo va ziddiyatlarni" hal etishga ishonch bildirgan.

Shimoliy koreyalik rahbar esa jurnalistlar tomonidan uch bora "Yadroviy quroldan voz kechasizmi?", — deb berilgan savolga javob bermagan.

Birga-bir uchrashuvidan so‘ng yetakchilar kengaytirilgan tarkibdagi sammitni boshladilar. AQSh tomonidan tadbirda Davlat kotibi Mayk Pompeo, prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton, Oq Uy devoni rahbari Jon Kelli ishtirok etmoqda. Shimoliy Koreya delegatsiyasi tarkibi esa — Koreya Mehnat partiyasi raisi o‘rinbosari Kim Yon Chxol, TIV rahbari Li Yon Xo va Koreya mehnat partiyasi raisi va xalqaro bo‘lim boshlig‘i Li Su Yonlardan iborat.

Sammitda yadroviy quroldan to‘liq voz kechish va Koreya yarim orolida tinchlikni kafolatlash, Amerika-Shimoliy Koreya munosabatlarini normallashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Hujjatlar imzolanishi kutilmayapti. Trampning so‘zlariga ko‘ra, ushbu uchrashuvdan maqsad "jarayonni boshlash".

Yangiliklar lentasi
0