12:40 17 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Xokim Tashkenta Artыkxodjayev Djaxongir

Oʻzbekistonning bosh hokimi kim u: Artikxodjayev oʻzi haqida gapirdi

Mejdunarodnыy press-klub
Siyosat
Havola olish
253882

Toshkent shahrining yangi tayinlangan hokimi Jahongir Artikxodjayev hokim boʻlgungacha bosib oʻtgan yoʻli, yaqin yillarda Toshkentni kutayotgan oʻzgarishlar va hozirgi kunda oʻz atrofidagi jamoa qanday boʻlishi kerakligi xususida ochiq gapirdi

TOSHKENT, 13 iyun — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Artikxodjayev va Toshkent shahrining 11ta tuman hokimlari bilan jonli muloqot tashkil etildi.

Muloqot davomida XPK raisi Sherzod Qudratxoʻjayev Toshkent shahar hokimiga blits-savollar bilan murojaat qildi.

Eslatib oʻtamiz, Jahongir Artikxodjayev 2018 yil 26 aprel Toshkent shahar hokimligida bosh vazir ishtirokida navbatdan tashqari 35-sessiyada Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlangan edi.

Toshkent shahar hokimi ish vaqti nechadan va nimadan boshlanadi?

"Hozirgi kundagi ish vaqtimiz ertalab soat 7.00dan boshlanadi. Ishni ishdan chiqib ishxonaga kelgunga qadar yoʻlni kuzatishdan boshlayman. Ish vaqti kechasi 12 yoki birlarda tugaydi, vaziyatga qarab. Ishlayapmiz, lekin shu ish vaqti ham kamlik qilayapti", — dedi Artikxodjayev.

Toshkent shahrining qaysi koʻchalari sizga koʻproq yoqadi, degan savolga u "Amir Temur shox koʻchasi", deya javob berdi.

Biznesdan ketdimi yoʻqmi?

Hokim boʻlib tasdiqlangach, Oʻzbekistonda mashhur boʻlgan "Artel", "Imzo" korxonalari muassisi Artikxodjayevning biznesdan ketgan-ketmaganligi masalasi ham bugun koʻpchilikni qiziqtiradi. Qudratxodjayev tomonidan berilgan shu turdagi savolga Artikxodjayev: "Albatta, biznesdan chetlandim. Ammo hokimiyatda biznes yuritish niyatim bor", dedi hokim va "yaʼni hokimiyatni faqat pul ishlatuvchi emas, balki pul topuvchi organga aylantirish niyati bor"ligini maʼlum qildi.

"Boʻladigan daromadlarni xalqimizga ishlatish niyatimiz bor, albatta", — deb qoʻshimcha qildi Toshkent rahbari.

 "Artel", "Imzo" tenderlarda imtiyozlarga ega boʻladimi?

Sobiq tadbirkor oʻzi muassisi boʻlgan korxonalarga kelajakda Toshkent shahrida boʻladigan qurilish ishlarida qandaydir imtiyozlar beradimi, degan savolga Artikxodjayev oldin ham bunaqa ishlar bilan shugʻullanmaganligini va bundan keyin ham shugʻullanmasligini maʼlum qildi.

"Xalqimizning oʻzining ixtiyorida, mahsulotlarimiz sifatli boʻlsa, raqobatga dosh bera olsa, olishlari mumkin", dedi u.

Tadbirkor sifatida ishni nimadan boshlagan?

"Artel", "Imzo" singari nozik texnologiyalar asosida ishlaydigan mashhur ishlab-chiqarish korxonalariga rahbar boʻlgunga qadar yoʻlni sartaroshxona shirkati egasiligidan boshlaganini maʼlum qildi.

"Oʻsha vaqtda kooperativ firmalar ochilgan davlatimizda, men kichikrok sartaroshxona va poyabzal tuzatish ustaxonalari shirkatini ochganman", dedi Artikxodjayev.

Xobbingiz, degan savolga javoban "Xalqqa xizmat qilish va bir odamga boʻlsa ham foydam tegishi. Buning uchun qancha mehnat kerak boʻlsa, shuncha mehnat qilishga tayyorman", deya taʼkidladi.

Oʻz komandasida kimlar boʻlishini xohlardi?

Ishni yaqinda boshlagan hokim oʻz oldiga qoʻygan maqsadlarga erishish uchun atrofida qanday insonlarni koʻrishni istashi toʻgʻrisidagi savol ham koʻpchilikni qiziqtiradi.

Artikxodjayev bu savolga javoban shunday dedi: "Hokimlarga maslahat beruvchilar koʻp boʻlar ekan, buni ishga kirgach yana bir karra amin boʻldim. Men ham  maslahat berib, ham oʻsha gʻoyani oʻzi amalga oshiradigan odamlar komandamda boʻlishini xohlayman".

Hokim boʻlib tayinlangach, ishni nimadan boshlashni lozim topgan?

Artikxodjayev ishni nimadan boshlashni lozim topganligidan tashqari, Toshkent shahri oldida turgan qator muammolar xususida ham toʻxtalib oʻtdi.

Hokimning soʻzlariga qaraganda, ishni oʻzi ishlayotgan tuzilma bilan tanishishdan boshlagan. "Bu sistema qanday yoʻlga qoʻyilgani bilan tanishib, biznes bilan hokimiyat tizimining umuman boshqachaligini his qildim. Men uchun bu tizim yangi bir hayot, yangi bir ish boʻldi", — dedi u.

Muammolar haqida soʻz ochar ekan, Oʻzbekiston poytaxtining Bosh rejasi (Genplani) yoʻqligini taʼkidlab oʻtdi. "Uzoq va yaqin strategiyasi yoʻq. Yaʼni 10 yildan keyin nima boʻladi, besh yildan keyin-chi? Yigirma yildan keyin Toshkentni qanday koʻramiz?, bu savollarga javoban aniq strategik reja qilinmagan edi shu paytgacha. Keyin hokimiyat faqat xizmat koʻrsatuvchi organga aylanib qolgan. Supurish-sidirish, qurilish va boshqa ishlar… Yaʼni oʻzi alohida bir pul topib, yanada pulni koʻpaytirib, u yerda biznesni, yaʼni xususiy korxonalar bilan birgalikda, sherikchilikda ishlashni rivojlantirmagan ekan. Komunnal, yoʻl-transport sohalari eskirib ketganligi diqqatimni tortdi. Bularning barchasini yangitdan koʻtarish kerak", — dedi hokim.

Shuningdek, Artikxodjayev tumanlarning oʻzini markazi yoʻq boʻlib ketganligini aniqlaganini qoʻshimcha qildi.

"Hamma eʼtibor markazga, tumanlarda esa markaz yoʻq boʻlib ketgan". 

Toshkent hokimi ulgurji bozorlarni shahar ichidan chetga olib chiqilishi haqida ham soʻz ochdi.

"Dunyoning hech bir joyida yoʻq-ki, ulgurji bozor bilan savdo rastalari bir joyda boʻlsa", dedi Artikxodjayev va bunday nomutanosiblikka barham berishini maʼlum qildi. Hokimning soʻzlariga koʻra, ulgurji bozorlar kelajakda shahardan 80 km chetroqqa koʻchirilishi mumkin. 

Toshkent rahbari aholining yashash joyiga qarab, sport majmualari, bogʻcha va savdo doʻkonlari va boshqa ijtimoiy obʼyektlar toʻgʻri taqsimlanmaganligiga eʼtibor qaratdi.

"Misol uchun bitta tumanda 200 ming aholiga sport majmualari 10ta boʻlsa, boshqa tumanda 300 ming aholiga bunday majmualar soni 3tani tashkil qiladi. Yaʼni bu shahardan yoki tumandan bir-biriga qatnashlar orqali tirbandlikning yuzaga keltirishi, kamiga odamlarning sarson boʻlishi — bunga oʻxshash koʻplab muammolar bor va bularning barchasini deylik 3 yoki 5 yilda toʻgʻrilasa boʻladi rejalashtirish orqali hal etish mumkin. Va bugungi kunda biz hatto 5 oyda toʻgʻirlasa boʻladigan muammolarni koʻrib, oʻrganib chiqayapmiz", — dedi Artikxodjayev.

 Oxirgi oʻqigan kitobi: Rashid al Maktumning "My Vision"("Mening qarashlarim") kitobi.

Internet hayhyotining bir boʻlagi.

Ish kabinetida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning portretlari bor.

Artikxodjayev Jahongir Abidovich 1975 yil 2 yanvarda Toshkentda tugʻilgan. 1991-1996 yillarda Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetida tahsil olgan. Mutaxassisligi iqtisodchi. 2015 yil "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan. Toshkent shahar "Artel Injiniring" MCHJ direktori lavozimida ishlab kelgan.

Asosiy mavzular