O‘zbekistondagi vazirliklar xodimlari majburiy tartibda qayta malaka oshiradilar

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishUchastniki meropriyatiya
Uchastniki meropriyatiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolagan yangi qarorda qayd etilgan.

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. O‘zbekistondagi vazirliklar xodimlari majburiy tartibda qayta malaka oshiradilar, deb aytilgan O‘zbekiston prezidenti tomonidan imzolangan "Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi yangi qarorda.

Prosmotr pramoy translyatsii s uchastiyem ministra inostrannix del Uzbekistana Abdulaziza Kamilova - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov qanday qilib diplomat bo‘lish mumkin, degan savolga javob berdi
Qarorga ko‘ra, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Boshqaruv instituti va Diplomatik kurslari tugatilib, ularning negizida Universitet huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Oliy diplomatiya maktabi tashkil etilmoqda.

2018 yil 1-sentabrdan boshlab Oliy maktabda ayrim turdagi vazirliklar xodimlar toifalari majburiy tartibda qayta tayyorlanadilar va malaka oshiradilar.

Bular: 

Tashqi ishlar va Tashqi savdo vazirliklari, tashqi siyosiy hamda tashqi iqtisodiy faoliyatga jalb qilingan boshqa vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ma’muriy-boshqaruv xodimlari (3 yilda bir marta);

Tashqi siyosiy hamda tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida vazifalarni bajarish bilan bog‘liq rahbarlik lavozimiga tayinlash uchun zaxiraga olingan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa ixtisoslashtirilgan davlat muassasalari xodimlari;

O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari hamda xalqaro tashkilotlarning O‘zbekiston uchun ajratilgan kvotalariga diplomatik va ma’muriy-texnik lavozimlarga tayinlanadigan xodimlar, shu jumladan, ularning turmush o‘rtoqlari;

Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston prezidentining qizi diplomatiya sirlari haqida kitob yozdi

xalqaro munosabatlar hamda siyosiy fanlar, xalqaro iqtisodiyot va menejment, xalqaro ommaviy hamda xususiy huquq, gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlari — (uch yilda bir marta).

Oliy maktab kurslarining ishlab chiqarishdan ajralgan holatda ta’lim olayotgan tinglovchilari uchun butun ta’lim olish davrida asosiy ish joyidagi egallab turgan lavozimi, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar saqlanadi;

Oliy maktabda o‘qitish, qayta tayyorlash hamda malaka oshirish O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan har yili tasdiqlanadigan reja va dasturlarga muvofiq shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, Oliy maktabga tijorat asosida nodavlat tashkilotlar uchun ixtisoslashtirilgan o‘quv kurslarini o‘tkazish huquqi berilishi ta’kidlangan.

Yangiliklar lentasi
0