18:25 19 Iyul 2018
Efir
  • RUB124.54
  • EUR9100.06
  • USD7787.81
Flag radikalnoy islamistskoy organizatsii Islamskoye gosudarstvo Iraka i Levanta

"Islom davlati" Markaziy Osiyo davlatlariga qanday xavf soladi

© Sputnik / Andrey Stenin
Siyosat
Havola olish
Bakit Tolkanov
204820

Terrorchilarning taktikasi, maqsadlari, strategiyasi va buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi kurashish – bu kabi savollar Bishkekda seshanba kuni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoq davlatlari forumida muhokama qilindi.

Mutaxassislar asosiy mavzusi sifatida "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi (Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan) bilan vaziyatni muhokama qilishdi, deb yozadi Sputnik Qirgʻiziston kolumnisti.

Nima uchun terrorchilar bilan kurash mavzusi aynan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoq doirasida muhokama qilinmoqda?

Xavfsizlikni taʼminlamasdan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini rivojlantirib boʻlmaydi. Agar davlatlarda urush va notinchlik boʻlsa, hech qanday iqtisodiy va ijtimoiy loyihalarni rivojlantirib boʻlmaydi, deb taʼkidladi "Yevroosiyoliklar — yangi toʻlqin" jamgʻarmasi direktori Yuriy Anufriyev.

"Qachonlardir rivojlangan Iroq va Suriya batamom vayron qilinganligini koʻrmoqdamiz. Xavfsizlik taʼminlanmagan boʻlsa, qanday iqtisodiyot haqida gapirish mumkin? Biz Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqning terrorchilikka qarshi kurash strategiyasini ishlab chiqishga harakat qilyapmiz. Xohlaymizmi-yoʻqmi, integratsion uyushma kengayib boradi. Birinchi qadam — bu iqtisodiyotning rivojlanishi boʻldi. Endi esa harbiy-texnika sohasida ham hamkorlik rivojlanayotganligini koʻrmoqdamiz", — dedi u.

Qirgʻiziston Xafsizlik Kengashi kotibi Damir Saginbayev soʻzlariga koʻra, xavfsizlik tizimisiz boʻlgan iqtisodiy uyushma zaif boʻlib qoladi. Hozirgi vaqtda Yaqin Sharq va Afgʻonistonda terrorchilarning faolashuvi kuchaymoqda, ayniqsa bunda "Islom davlati" uyushmasi va u bilan aloqa boʻlgan guruhlar asosiy rolni oʻynamoqda. Bu omil Yevroosiyo iqtisodiy ittifoq barqarorligiga taʼsir koʻrsatmoqda.

Shuningdek, Saginbayev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoq ishtirochilari, ODKB, SHHT va MDH tashkilotlari aʼzosi sifatida terrorchilikka qarshi kurash boʻyicha kelishuvlarga erishilganligini taʼkidlab oʻtdi.

Saginbayev fikriga koʻra, katta miqdorda terrorchilik harakatlar Yaqin Sharqdan Afgʻonistonga tezkorlik bilan oʻtishi kuzatilmoqda. Bu Markaziy Osiyo davlatlariga tahdid solmoqda.

"Buning yaqqol isboti Afgʻonistonda koʻplab qurbonlar boʻlgan terrorchilik amallarni sodir etish davom etmoqda. "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi Markaziy Osiyo va Xitoyning Sintszyan-Uygʻur avtonom tumaniga hujum qilish rejalari borligini ochiqchasiga aytmoqda. Shu vaqtning oʻzida uyushma chegara zaif joylari va Afgʻoniston shimoliy tumanlaridagi chegara oldidagi vaziyat haqida maʼlumot yigʻilmoqda", — dedi Xavfsizlik kengashi kotibi.

U boshqa davlatlar hududlarda, shu jumladan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoq davlatlariga hujum qilish xavfi mavjudligini taʼkidlab oʻtdi.

Xavfsizlik kengashi kotibi aytishicha, terrorchilarning baʼzilari oʻzlarining davlatlariga qaytib, u yerda yashirin guruhlar tuzishi tahdidni keltirib chiqarmoqda.

Qirgʻiziston-Rossiya Slavyan universiteti professori Larisa Xoperskayaning maʼlumotlariga qaraganda, kelib chiqishi sobiq sovet ittifoqi davlatlaridan boʻlgan 9 minggacha fuqaro ushbu uyushma safiga kirgan, ularning uchdan biri qaytib kelishdi.

"Shuningdek, taktika oʻzgardi — terrorchilik yacheykalarni tuzish uchun yangi hududlarni qurol bilan egallab olish. Turli yoʻllar bilan verbovka ishlari olib borilmoqda. Masalan, Rossiyada qamoqxonalarda yacheykalar tuzish maqsadida qasddan jinoyat sodir etilmoqda", — dedi u.

Islomiy davlat jangarilari Markaziy Osiyoga qaysi yoʻl bilan kelishi mumkin

Ekspert Taalatbek Masadыkov taʼkidlashicha, turli hisob-kitoblarga qaraganda Afgʻon-Pokiston hududida 2 mingdan 8 minggacha "ID" jangarilar bor. Uning taxminiga koʻra, bu barcha kuchlar Markaziy Osiyoga yuborilishi ehtimoldan uzoq, biroq bunday vaziyatni rivojlanishini butunlay inkor etib boʻlmaydi.

"Afgʻon-oʻzbek chegarasi juda jiddiy himoyalangan, turli tuzilmalar tomonidan bu chegarani kesib oʻtishga harakatlar boʻlgan, biroq Oʻzbekiston kuchlari muvafaqqiyatli qaytarishdi. Turkman-afgʻon chegarasi deyarli ochiq. Biroq turkman tomoni chegarani oʻtmoqchi boʻlganlar bilan kelishishni lozim deb topadi. Afgʻon-tojik chegara togʻli boʻlgani uchun vaziyat qiyin, shuning uchun chegarani kesib oʻtish holatlari davom etib turibti. Shuningdek korruptsiya tufayli", — dedi ekspert.

Masadikov bir holatni keltirib oʻtdi, xususan bir necha yil avval bitta instruktor noqonuniy ravishda Pokistondan Afgʻoniston va Tojikiston orqali Qirgʻizistonga kelib, bu yerda muzokara oʻtkazgan va ortga qaytib ketgan. Buning uchun u atigi bir ming dollar toʻladi.

"Shuning uchun davlatlarimiz yetakchilari kuchlarni birlashtirish uchun mutasaddi idoralariga topshiriq berishlari kerak. Hozir tarmoq organlarida hattoki axborot almashinuvida qiyinchiliklar mavjud", — deb qoʻshimcha qildi u.

Qanday qarorga kelishdi?

Ishtirokchilar mintaqada xavfsizlikni taʼminlashda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoq davlatlari kollektiv saʼy-harakatlarining ahamiyatini yana bir bor tasdiqlab, bunda ODKBning asosiy rolini tan olishdi.

Ular Markaziy Osiyoda terrorlik xavf ortganligini taʼkidlab, terrorchilikka qarshi kurash davlat tuzilmalarining harakatlarini muvofiqlashtirishga chaqirdilar.

Forum tashkilotchilari — Qirgʻiziston Xavfsizlik kengashi, "Pikir" mintaqaviy ekspertlar klubi, "Alfa" terrorchilikka qarshi kurash xalqaro faxriylar uyushmasi va "Yevroosiyoliklar- yangi toʻlqin" jamgʻarmasi.

Asosiy mavzular