05:12 10 Dekabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9408.25
  • USD8314.85
Flagi Rossii i SSHA v aeroportu Vnukovo-2

Putin AQShning yangi sanktsiyalarini muhokama qilish uchun XQ majlisini chaqirdi

© Sputnik / Sergey Pyatakov
Siyosat
Havola olish
1145 0 0

AQShning Rossiyaga qarshi eʼlon qilgan yangi sanktsiyalari 22 avgustdan kuchga kiradi

TOSHKENT, 10 avg — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Xavfsizlik Qoʻmitasining doimiy aʼzolari bilan AQSH tomonidan boʻlishi mumkin boʻlgan yangi Rossiyaga qarshi qaratilgan sanktsiyalar mavzusini muhokama qildi. 

"Shuningdek, Vashington tomonidan boʻlishi mumkin boʻlgan, savdo cheklovlari koʻrinishidagi yangi nodoʻstona harakatlar mavzusi tilga olindi", - deb maʼlum qildi Putinning matbuot-kotibi.

Bunday harakatlarning xalqaro huquq nuqtai-nazaridan toʻliq noqonuniyligi qayd etildi, deb bayonot qildi Peskov.

Majlisda Rossiya Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin, Kreml maʼmuriyati rahbari Anton Vayno, Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev, Mudofaa vaziri Sergey Shoygu, FSB rahbari Aleksandr Bortnikov qatnashdi.

AQSH tomonidan Rossiyaga qarshi eʼlon qilingan yangi sanktsiyalar 22 avgustdan kuchga kiradi.

Asosiy mavzular