Aslida salohiyatimiz – kamida 1 milliard dollar – Shavkat Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018 yil O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlari tarixida g‘oyat muvaffaqiyatli bo‘ldi - prezident matbuot xizmati.

TOShKENT, 17 avg – Sputnik.  O‘zbekiston va Tojikiston delegatsiyalarining keng tarkibdagi muzokalari boshlandi, deb xabar qilmoqda prezidenti matbuot xizmati.  

Keng doiradagi muzokaralarda asosiy e’tibor O‘zo‘bekiston va Tojikiston savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga qaratildi. 

Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Emomali Raxmona v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Emomali Rahmon va Shavkat Mirziyoyevning tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi

Ikki mamlakat orasida erkin savdo tartibi joriy qilingan. 2002-yilda Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya tuzilgan. Ushbu komissiyalarning hamraislari ikki mamlakat Bosh vazirlari ekani tomonlarning bu aloqalarga katta ahamiyat berishidan dalolatdir.   

2018 yil ikki tomonlama munosabatlar tarixida g‘oyat muvaffaqiyatli bo‘ldi. Yil boshidan buyon turli darajalarda ellikdan ortiq uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning to‘rtta majlisi o‘tkazildi. 

O‘zaro savdo hajmi joriy yilning birinchi yarmida 2017-yilning shu davriga nisbatan 35 foizdan ziyod o‘sdi. Qiymati 300 million dollardan ziyod bo‘lgan savdo shartnomalari va bitimlar imzolandi. 

“Hamkorligimizda hali ishga solinmagan imkoniyatlar juda ko‘p. Shunday ishlashda davom etsak, tez orada tovar ayriboshlash hajmini 500 million dollarga yetkazamiz. Aslida salohiyatimiz – kamida 1 milliard dollar”, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev. 

Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaga o‘zaro savdo hajmini oshirish va tarkibini diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. 

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston
"Endi to‘siqlar yo‘q": O‘zbekiston — Tojikiston strategik hamkorlik yo‘lida
Ikki mamlakat biznes tuzilmalari va chegaraoldi hududlari o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi. Qishloq xo‘jaligi texnikasini yig‘ish, qurilish materiallari, oziq-ovqat, tayyor to‘qimachilik, elektrotexnika  mahsulotlari va boshqa tovarlarni ishlab chiqarish loyihalarini tezlashtirishga kelishib olindi.  

Transport va tranzit tashish, energetika va gidroenergetika, suvdan foydalanish sohalarida o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishildi. Terrorizm, ekstremizm va transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligi samardorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.  

Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini yana bir bor tasdiqladi.

Yangiliklar lentasi
0