02:18 28 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Siyosat
Havola olish
Emomali Rahmonning Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi (15)
97901

Oʻzbekiston va Tojikiston Zarafshon daryosi hamda Saryoz koʻlida bir nechta jiddiy loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

TASHKENT, 17 avg – Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekiston Tojikiston hududida ikkita GES qurilishida ishtirok etadi, deb maʼlum qildi jurnalistlarga Koʻksaroyda oʻtkazilgan tadbir davomida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev. 

“Biz bugun, birgalikda, Tojikiston hududida, Zarafshon daryosi boʻyida umumiy quvvati 320 MVt boʻlgan ikkita GES qurishga tayyormiz. Gidroelektrostantsiya qurilishi  - bu juda jiddiy masala. Biz birinchi uchrashuvdayoq buni muhokama qilganmiz. Bugun esa, keling, istaklarimizni aniqlashtiraylik dedik. Emomali Sharifovich xalqaro standartlardan oʻtgan tayyor loyihalar borligini taʼkidladi, oʻylaymanki, ushbu loyiha bizning hududiy hamkorligimizda oʻta jiddiy masala boʻladi", - dedi Oʻzbekiston prezidenti OAV vakillari oldida qilgan bayonoti davomida.

Mirziyoyevning taʼkidiga koʻra, vaqtlar oʻtadi va bu loyiha, albatta oʻzining katta samarasini beradi. Shuningdek, Oʻzbekiston rahbari Sarez koʻlining chuchuk suvidan birgalikda foydalanish imkoniyatlari oʻrganilayotgani haqida ham aytib oʻtdi.

Oʻz navbatida, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, chuchuk suv zahirasi 17 milliard kubometr boʻlgan Saryoz koʻlining suvini butun Markaziy Osiyo uchun ishlatish masalasi muhokama qilingani haqida gapirdi.

“Men oldin ham koʻp marta aytganman, xususan, BMT minbaridan turib bayonot qilganman, hozir ham taʼkidlab oʻtmoqchiman – biz hech qachon oʻz qoʻshnilarimizni suvsiz qoldirmaganmiz va qoldirmaymiz”, - dedi Tojikiston yetakchisi.

Eslatib oʻtamiz, biroz oldin OAVlarda Tojikiston Saryoz koʻlining ichimlik suvini Xitoy kompaniyasiga sotishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Mutaxassislar ushbu loyiha Markaziy Osiyo mamlakatlarida suv tanqisligiga olib kelishi mumkinligini aytishgan edi.

Mavzu:
Emomali Rahmonning Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi (15)

Asosiy mavzular