Kamilov Afg‘oniston prezidenti bilan muhim masalalarni muhokama qildi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovMinistr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tomonlarning temir yo‘l va energetika sohalari bo‘yicha mutaxassislari "Mozori-Sharif-Hirot" temir yo‘l liniyasi hamda "Surxon - Puli-Xumri" elektr uzatish liniyasi qurilishi loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq ba’zi muhim masalalarni muhokama qilgan

TOShKENT, 27 avg - Sputnik. 2018-yilning 27-avgust kuni Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani Qobul shahrida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar berdi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Afganskaya molodej - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonlik Asila: O‘zbekistonga kelib tinchlik nimaligini his etdim

"Vazir O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan Afg‘oniston rahbariyatini dunyo musulmonlarining muhim bayrami - Qurbon hayiti munosabati bilan yana bir bor samimiy tabrikladi hamda butun birodar afg‘on xalqiga tinchlik va farovonlik tilaklarini yetkazib qo‘ydi", - deyiladi xabarda.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida, 2018-yil 27-mart kuni Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasining asosiy qoidalari amalga oshirilishining borishi, jumladan, Afg‘onistonda tinch siyosiy jarayonga ko‘maklashish bo‘yicha o‘zaro kelishilgan soralar muhokama qilingan.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, avvlo oliy darajadagi muntazam O‘zbekiston-Afg‘oniston muzokaralari doirasida erishilgan kelishuvlarning bajarilishi ko‘rib chiqilgan.

Nanesenie rossiyskoy boyevoy aviatsiyey udarov po pozitsiyam IG v Sirii - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va Tojikiston Afg‘oniston shimoliga zarba bermagan

Xususan, tomonlarning temir yo‘l va energetika sohalari bo‘yicha mutaxassislari "Mozori-Sharif-Hirot" temir yo‘l liniyasi hamda "Surxon - Puli-Xumri" elektr uzatish liniyasi qurilishi loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq ba’zi muhim masalalarni muhokama qildilar, deb ta’kidlanadi xabarda.

Ta’kidlanishicha, tomonlar xalqaro va mintaqaviy kun tartibining boshqa mavzularini ham ko‘rib chiqishgan.

Shu kunning o‘zida O‘zbekiston delegatsiyasi Qobul shahrida Afg‘oniston prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Hamdulla Muhib, Ijroiya hokimiyati rahbari Abdulla Abdulla va Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Nosir Andisha bilan muzokaralar o‘tkazganligi aytilgan.

Yangiliklar lentasi
0