Aleksandr Lukashenko Toshkentga yetib keldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Belarusi Aleksandr Lukashenko pribil s ofitsialnim vizitom v Tashkent
Prezident Belarusi Aleksandr Lukashenko pribil s ofitsialnim vizitom v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belarus prezidenti 12-14 sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

TOShKENT, 12 sen - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko rasmiy tashrif bilan Toshkentga yetib keldi, deb xabar qilmoqda Xalq So‘zi nashri.  

"Aleksandr Lukashenkoni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov kutib oldi", - deyilgan xabarda.

Belarus prezidenti 12-14 sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

Aleksandr Lukashenko i Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Prezidentlar do‘stligi - davlatlar do‘stligi: Toshkent va Minsk munosabatlari haqida

Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikka doir keng ko‘lamli masalalarni muhokama qilish, siyosiy muloqotni, savdo-iqtisodiy, investitsiya, fan va ta’lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish rejalashtirilgan.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti, O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali do‘stona aloqalarga yangi sur’at baxsh etishga qaratilgan salmoqli davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo kelishuvlar va boshqa hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0