Aleksandr Lukashenko Minskda o‘zbekona uslubda elchixona qurishni taklif qildi

© Press-slujba Aleksandra LukashenkoVstrecha prezidenta Uzbekistana s prezidentom Belarusi v rezidensii Kuksaroy
Vstrecha prezidenta Uzbekistana s prezidentom Belarusi v rezidensii Kuksaroy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Biz sizning elchixonangiz uchun eng yaxshi joyni ajratib beramiz. Siz u yerda o‘zbekona uslubda chiroyli elchixona qurishingiz mumkin - dedi Aleksandr Lukashenko

TOShKENT, 13 sen - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev bilan tor doirada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Belarus rahbari Shavkat Mirziyoyevga Minskda o‘zbekona elchixona qurishni taklif qildi. Bu haqida Belarus prezidentining matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

“Siz Minskda elchixona ochdingiz. Bu, siz bizni o‘zingizga yaqin kishilar deb bilishingizdan darakdir, jug‘rifiy jihatdan oramizdagi masofa minglab kilometr bo‘lsa ham. Biz yaqin xalqlarmiz va sizning elchixonangiz uchun Mustaqillik Saroyi qarshisidan eng yaxshi joyni ajratib beramiz. Siz u yerda, o‘z yurtingizda qurilgan hashamatli saroylar kabi, o‘zbekona uslubda chiroyli elchixona qurishingiz mumkin”, - dedi Aleksandr Lukashenko.

Shavkat Mirziyoyev bunga javoban Belarus rahbarining ushbu taklifi albatta ko‘rib chiqilishini ta’kidladi.

“Belarusda elchixona ochish - uzoq vaqtdan beri mening orzuim edi. Agar bizning munosabatlarimiz haqiqatdan ham do‘stona bo‘lsa, elchixona ochib belgilangan tartibda ishlashimiz kerak”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, Belarus va O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilinganiga 25-yildan oshgan bo‘lsa ham uzoq yilllar davomida Minskda O‘zbekiston elchixonasi yo‘q edi. Yangi elchixona 2018-yilning may oyida o‘z faoliyatini boshladi.  O‘shanda Belarus rahbari O‘zbekiston elchixonasi uchun shaharning eng yaxshi hududidan joy ajratishni va’da bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0