06:15 23 Sentyabr 2018
Efir
  • RUB118.05
  • EUR9347.75
  • USD8039.00
Sherzod Shermatov, Ministr narodnogo obrazovaniya

Birgalikda oʻqituvchilarimiz obroʻsini oshirishga harakat qilaylik - Shermatov

© Mejdunarodnыy press-klub.
Siyosat
Havola olish
255 0 0

“Agarda qandaydir kiyimiga eʼtiroz boʻlsa uni ommaga muammo qilib koʻrsatgandan koʻra oʻqituvchini oʻziga aytib qoʻyish yaxshiroq boʻlardi”, – deb yozgan Shermatov.

TOSHKENT, 14 sen – Sputnik. Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov jurnalistlarga iltimos bilan chiqdi.

Oʻzbekiston xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatovning maʼlum qilishicha, xalq taʼlimi tizimidagi faoliyatining birinchi kunlarida maktablarda juda koʻp muammolar yigʻilib qolganligi, ular qolib ikkinchi darajali boʻlgan forma haqida juda koʻp muhokamalar boʻlayotgani haqida aytib oʻtgan.

“Lekin, afsuski, haligacha shu masala muhokamada. Menimcha, ushbu masalaga nuqta qoʻyish vaqti keldi.

Jurnalistlardan iltimos, birgalikda oʻqituvchilarimiz obroʻsini oshirishga harakat qilaylik, obroʻsini toʻkishga emas. Oʻzi shundoq ham yaxshi oʻqituvchi topish qiyin. Agarda qandaydir kiyimiga eʼtiroz boʻlsa uni ommaga muammo qilib koʻrsatgandan koʻra oʻqituvchini oʻziga aytib qoʻyish yaxshiroq boʻlardi.

Oʻzi umuman, televideniye orqali kimnidir ruxsatisiz tanqid qilinayotganda iqtisodiy rivojlangan davlatlardagidek imkoni boricha uni tanib boʻlmaydigan qilib yuzini koʻrsatmasdan amalga oshirish toʻgʻri boʻladi, ayniqsa yosh bolalarga bu juda salbiy taʼsir qiladi”, - deb yozgan vazir Facebook’dagi sahifasida.

Asosiy mavzular