05:41 23 Sentyabr 2018
Efir
  • RUB118.05
  • EUR9347.75
  • USD8039.00
Posol Uzbekistana v Rossiyskoy Federatsii Baxrom Ashrafxanov

Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi “Oʻzbekneftegaz” AJga rais etib tayinlandi

Sputnik
Siyosat
Havola olish
26601

Bahrom Ashrafxanov 2016 yildan boshlab diplomatik vakolatlarini amalga oshirgandi, u yangi lavozimda Alisher Sultonovni almashtirdi.

TOSHKENT, 14 sen – Sputnik. Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi Bahrom Ashraxanov “Oʻzbekneftegaz” kompaniyasi boshqaruv raisi etib tayinlandi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri TIVga asoslangan holda.

Ashrafxonov 2016 yil fevralidan buyon Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgandi. U Moliya vazirligida turli lavozimlarda ishlagan, jumladan, 2005—2007 yillarda Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari boʻlgan. 2007 yildan 2016 yilgacha Moliya vazirligi Gʻaznachiligi boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

Ashrafxanov yangi lavozimda Alisher Sultonovni almashtirdi. Sultonov shu yil 20 avgustida hukumat kortejida Bekoboddan Toshkentga kelayotganda YTHga uchrab, shifoxonaga yotqizilgandi.

Asosiy mavzular