22:19 15 Noyabr 2018
Efir
  • RUB121.79
  • EUR9374.66
  • USD8271.27
Kabinet ministrov Uzbekistana

Oʻzbekiston hukumati ijro tuzilmasida jiddiy oʻzgarishlar kiritildi

Press-slujba prezidenta RT
Siyosat
Havola olish
622 0 0

Prezident qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi bosh vazirining oʻrinbosari – Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari — “Oʻzbekneftgaz” aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimi tugatildi.

TOSHKENT, 14 sen – Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining 12 sentyabrdagi qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasi ijro tuzilmasiga oʻzgartirish kiritildi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi bosh vazirining oʻrinbosari – Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari — “Oʻzbekneftgaz” aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimi tugatildi.

Tuzilmada bosh vazir oʻrinbosari - Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari lavozimi joriy etildi.

Prezident qarori bilan Alisher Sultonov bosh vazir oʻrinbosari – Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari etib tayinlandi.

Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi Bahrom Ashrafxonov “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi lavozimini egallagan.

Asosiy mavzular