Nig‘matulla Yo‘ldoshev senatorlarni tashabbus ko‘rsatishmayotgani uchun tanqid qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPredsedatel senata Oliy Majlisa Nigmatulla Yuldashev
Predsedatel senata Oliy Majlisa Nigmatulla Yuldashev  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nig‘matilla Yo‘ldoshevga ko‘ra, senatorlar shu vaqtga qadar jo‘yali taklif va tavsiya bilan murojaat qilmagan

TOShKENT, 27 - sen - Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshev tashabbus ko‘rsatmayotgani uchun senator va deputatlarni qattiq tanqid qildi. Ular yo‘l qo‘yayotgan kamchiliklar bugungi kunda milliy tiklanish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning pirovard natijasiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatayotganini ta’kidladi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Senatorlar faoliyatidan bir kun - Sputnik O‘zbekiston
Rustam Inoyatovdan tortib Quronboyevgacha - Oliy Majlis Senatidan bir kun

27 sentabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining o‘z oltinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Majlisni olib borgan Nig‘matilla Yo‘ldoshev o‘z nutqi avvalida bu yil Senat safiga qo‘shilgan yangi senatorlar bilan tanishtirdi va o‘tgan davr mobaynida mamlakatda yuz bergan o‘zgarishlar haqida batafsil to‘xtaldi.

Yo‘ldoshev bu yutuqli o‘zgarishlarda oz bo‘lsa-da, senat vakillarining ham o‘rni borligini qayd etdi hamda bularning barchasi ulkan ishlarning boshlanishi ekanini, xalq vakillari o‘z faoliyatlarini tahliliy tanqid asosida olib borishlari lozimligini uqdirdi.

"Xususan, ko‘p bora qayd etilganiga qaramasdan, ayrim senatorlarning hududlardagi tarmoqlar va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilish borasidagi tashabbuslari sezilmayapti. Aksariyat qo‘mitalar a’zolari muhim masalalarni muhokamaga kiritish bo‘yicha birorta taklif bilan chiqish qilmaganini qanday izohlash mumkin?". - dedi shz nutiida senat raisi.

Svadba docheri tadjikskogo oligarxa Shokirova  - Sputnik O‘zbekiston
Senat vakili dabdabali to‘ylarni taqiqlash nega kerakli natijani bermasligini tushuntirdi

Shuningdek, senatorlar senatorlik so‘rovidan samarali foydalanishmayotgani borasida to‘xtalar ekan, mamlakat hududidagi, shaharlarga kiraverish joylardagi, viloyatlararo o‘tish joylardagi postlardagi tirbandlik, asossiz o‘rnatilgan "To‘xtab o‘tish" belgisi va postlar, birinchi navbatda turistlar va ayni vaqtda mahalliy aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lib kelgani va birgina senator so‘rovi orqali ushbu masala samarali yechim topganini eslatib o‘tdi.

Yo‘ldoshevga ko‘ra, senat vakillari ko‘pincha yalpi majlislarda mas’ul rahbarlarning axborotlarini  eshitish bilangina cheklanib qolmoqda. Senat jismoniy shaxslar bilan tizimli, samarali ishlash uslubini yo‘lga qo‘yishi lozim, dedi u.

"Biz haligacha eski qoliplardan voz kecha olmayapmiz. Oqibatda odamlar sohadagi bir xil muammo yuzasidan takror va takror murojaat qilishga majbur bo‘lmoqda", –  deb iayd etdi senator.

Bundan buyog‘iga har chorakda murojaatlar tahlili asosida, kamida bitta senator so‘rovi, zarur bo‘lsa parlament so‘rovini yuborilishi shart, deya senatorlar oldiga vazifa qo‘ydi Yo‘ldoshev.

Yangiliklar lentasi
0