"Daladagi ishchilar rasmiy ishlashi kerak" - senator Tojiyev vazir Qo‘chqorovga so‘rov kiritdi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishSbor ovoshey v fermerskom xozaystve
Sbor ovoshey v fermerskom xozaystve  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik senator Bahodir Tojiyev mamlakatdagi norasmiy bandlik darajasi yuqoriligi haqida bong urmoqda va ushbu holatga chek qo‘yish maqsadida mamlakat Moliya vaziri Jamshid Qzchqorovga senatorlik so‘rovini kiritdi

TOShKENT, 28 sen - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘zbekiston Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Bahodir Tojiyev mamlakat moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga norasmiy bandlik masalalari yuzasidan parlament so‘rovini yubordi.

Uborka urojaya zernovix - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuratura qishloq xo‘jaligi sohasidagi talon-torojliklarni aniqladi

Senator o‘z nutqi avvalida qishloq xo‘jaligi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim o‘rin egallashini ta’kidlab o‘tdi va qo‘mita mamlaktadagi norasmiy bandlik masalalarini alohida o‘rganganligini qayd etdi.

O‘rganish natijalari va tahlillar shuni ko‘rsatdiki, bugungi kunda qishloq xo‘jaligida, xususan, fermer xo‘jaliklarida norasmiy bandlik darajasi yuqori", - dedi Tojiyev.

O‘zbekistonda joriy yil boshidan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 146 mingdan ziyod fermer xo‘jaligi tasarrufidagi ekin maydoni 6,2 million gektarni tashkil etadi. Bunda har bir fermer xo‘jaligiga o‘rtacha 42 gektardan yer maydoni to‘g‘ri keladi.

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi ishlarini bajarish va mahsulotlar yetishtirish uchun 1,5 millionga yaqin ishchi kuchi talab etiladi. 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda fermer xo‘jaliklarida 2 mln dan ortiq ishchi band bo‘lib, shundan faqatgina 522 ming nafari, ya’ni 26%i rasman ishlamoqda. Qolgan 1,5 million nafari norasmiy ishchilardir.

Predsedatel senata Oliy Majlisa Nigmatulla Yuldashev  - Sputnik O‘zbekiston
Nig‘matulla Yo‘ldoshev senatorlarni tashabbus ko‘rsatishmayotgani uchun tanqid qildi

"E’tibor bering, paxtachilik va g‘allachilik fermer xo‘jaliklari yo‘nalishlarida fermer xo‘jaliklarida rasman band bo‘lgan ishchilar soni belgilangan meyorga nisbatan 37%, sabzavotchilik va polizchilikda esa 11%, bog‘dorchilik va uzumchilik 42%ni tashkil qiladi.

Rasman band bshlgan ishchilar sonining asosiy qismi boshqaruv xodimlari, jumladan rahbar, hisobchi va ish yurituvchilardir", - dedi senator va sohada band bo‘lgan norasmiy ishchilar va ish beruvchi o‘rtasida o‘ziga xos mehnat munosabatlari shakllantirilmaganini qayd etdi.

Senatorga ko‘ra, bunda mehnatga haq to‘lash aksariyat hollarda norasmiy usulda yoki natura shaklida: ya’ni ishchilarga bug‘doy, yem-xashak, g‘o‘za poyasi va boshqa mahsulotlar berish orqali amalga oshirilib kelinmoqda va ushbu holat mehnat qonunchiligi talablari bo‘yicha tartibga solinmagan.

Pensiya ta’minoti tizimi yanada takomillashtirildi

"Ya’ni dalada ishlayotgan ishchilarga mehnat daftarchalari ochilmaydi, ish staji hisoblanmaydi. Rasman ish haqi o‘rniga yagona ijtimoiy to‘lovning hisoblanishi va boshqa sabablar tufayli fermerlar meyor talablariga ko‘ra amalda zarur ishchi kuchini mehnat shartnomasiga asosan rasiylashtirishdan manfaatdor emas", - deydi Tojiyev.

Bu esa rasman band bo‘lmagan ishchilarning ijtimoiy himoyasi to‘liq ta’minlanmasligi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarmoqda. Jumladan, 2016-2017 yillar tahlili ish staji bilan pensiya tayinlanadiganlar soni har yili o‘rtacha 6%ga ko‘payib borayotgani, kelgusida mazkur holat saqlanib qolishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Senator birgina misol keltirib o‘tdi.

"2016 yilda qishloq tumanlarida pensiya tayinlangan 128 ming 700 nafardan ortiq fuqarodan 88 mingga yaqini, 2017-yilda esa 141 ming fuqarodan qariyb 93 ming 500 nafariga to‘liqsiz ish staji bilan pensiya tayinlangan.

Bu esa bir umr qishloqda qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan 70%ga yaqin odam belidan kuchi ketganida munosib pensiya, ijtimoiy himoyadan mahrum bo‘ladi degani", - deydi Tojiyev.

Yangiliklar lentasi
0