Shavkat Mirziyoyev Hindistonga yetib keldi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining Hindistonga tashrifi Toj Mahal obidasidan boshlanadi.

TOShKENT, 30 sen – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Hindistonga yetib keldi, O‘zbekiston delegatsiyasi Agra aeroportida tantanali kutib olindi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

“O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti Ram Nath Kovindning taklifiga binoan 30-sentabr kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga yetib keldi”, -   deyilgan rasmiy xabarda xabarda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra,  Shavkat Mirziyoyev bugun jahonga mashhur Toj Mahal obidasini tomosha qiladi, davlat tashrifi doirasidagi asosiy tadbirlar esa ertaga Nyu-Dehli shahrida bo‘lib o‘tadi. 

Yangiliklar lentasi
0