07:02 25 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Parij, Luvr muzeyi

Shavkat Mirziyoyev 8-9 oktyabrda Frantsiyaga tashrif buyuradi

© Sputnik / Sergey Mamontov
Siyosat
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Frantsiyaga tashrifi (11)
258 0 0

Oʻzbekiston  prezidenti Frantsiyada 10dan ortiq hukumatlararo hujjatlar imzolaydi va YUNESKO bosh direktori bilan uchrashadi.

TOSHKENT, 7 okt – Sputnik.  Shavkat Mirziyoyev Frantsiya prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 2018 yilning 8 – 9 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Frantsiyada boʻladi, deb xabar qilmoqda  prezidenti matbuot xizmati.

Tashrif davomida davlat rahbarlari oʻrtasida muzokaralar, Frantsiya parlamenti rahbariyati, yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Oliy darajadagi “Oʻzbekiston –  Frantsiya” muzokaralari kun tartibidan siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va moliyaviy sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish, turli tarmoqlarda investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish, shuningdek, madaniy-gumanitar almashuvlarni faollashtirish masalalari oʻrin olgan.

"Uchrashuv va muzokaralar yakunida 10 dan ortiq hukumatlararo va idoralararo, jumladan, iqtisodiyot va moliya, transport, turizm, ekologiya, madaniyat va sanʼat sohalarida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlar, tashqi siyosat mahkamalari  oʻrtasidagi hamkorlik dasturi va boshqa hujjatlar imzolanishi koʻzda tutilgan", - deyilgan xabarda. 

Shuningdek, davlatimiz rahbari BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashadi. Unda Oʻzbekiston va YUNESKO oʻrtasidagi sheriklikni kengaytirish istiqbollari muhokama etiladi hamda 2018-2021 yillarga moʻljallangan qoʻshma Harakatlar rejasi qabul qilinadi.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Frantsiyaga tashrifi (11)

Asosiy mavzular