03:32 14 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pribыl vo Frantsiyu

Shavkat Mirziyoyev Parijda tantanali kutib olindi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.
Siyosat
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Frantsiyaga tashrifi (11)
134010

Bugun Oʻzbekiston rahbari BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti Bosh direktori Odri Azule va Frantsiya Senati Raisi Jerar Larshe, shuningdek, Frantsiyaning eng yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashadi.

TOSHKENT, 8 okt - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev  prezident Emmanuel Makronning taklifiga binoan 8 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Frantsiyaga keldi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

“Orli” xalqaro aeroportida Oʻzbekiston delegatsiyasi tantanali kutib olindi.
 
Bugun Oʻzbekiston rahbari BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti Bosh direktori Odri Azule va Frantsiya Senati Raisi Jerar Larshe, shuningdek, Frantsiyaning eng yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashadi.  

Tashrifning asosiy tadbirlari 9 oktyabrga belgilangan.

Muzokaralar kun tartibidan siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va moliyaviy sohalardagi amaliy hamkorlikni rivojlantirish, turli tarmoqlarda investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish, shuningdek, madaniy-gumanitar almashuvlarni faollashtirish masalalari oʻrin olgan. 

Uchrashuvlar yakunida hukumatlararo va idoralararo 10 dan ortiq hujjat, jumladan, iqtisodiyot, moliya, transport, turizm, ekologiya, madaniyat va sanʼat sohalarida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlar imzolanishi koʻzda tutilgan.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Frantsiyaga tashrifi (11)

Asosiy mavzular