22:09 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Siyosat
Havola olish
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (48)
330 0 0

Uchrashuv yakuniga koʻra, hukumatlararo, idoralararo va tijorat boʻyicha salmoqli hujjatlar imzolanishi kutilmoqda

TOSHKENT, 17 okt - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekistonga rejalashtirayotgan davlat tashrifi davomida oʻzbek tomoni bilan Afgʻonistondagi vaziyatni hamda SHHT doirasida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi, deb taʼkidladi Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov.

"Xalqaro masalalarga kelsak, Afgʻoniston masalasi bu birinchi koʻriladigan masala. Ikkinchi mavzu esa - Shanhay hamkorlik tashkiloti doirasida hamkorlikni kengaytirish masalalaridir", - dedi Ushakov jurnalistlarga.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Oʻzbekistonga davlat tashrifi davomida bir nechta muhim tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Bular Navoiy viloyatida - AES qurilishiga tamal toshi qoʻyish, Rossiya-Oʻzbekiston mintaqalararo forumi, Rossiya-Oʻzbekiston taʼlim forumi.

Uchrashuv yakuniga koʻra, hukumatlararo, idoralararo va tijorat boʻyicha salmoqli hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Mavzu:
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (48)

Asosiy mavzular