20:36 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Prezident RF Vladimir Putin

Vladimir Putin tashrifi kun tartibidan nimalar oʻrin olgani maʼlum boʻldi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy
Siyosat
Havola olish
Vladimir Putinning Oʻzbekistonga davlat tashrifi (31)
135910

Vladimir Putin tashrifi doirasida oʻtkazildigan tadbirlar va imzolanadigan hujjatlar nomi maʼlum boʻldi.  

TOSHKENT, 18 okt – Sputnik. Bugun 18 oktyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Oʻzbekistonga tashrifi boshlanadi. Ushbu munosabat bilan prezident matbuot xizmati Rossiya prezidenti tashrifiga doir bayonotni eʼlon qildi.

Unda aytilishiga koʻra, tashrif doirasida davlat rahbarlari muntazamlik kasb etgan siyosiy muloqotning davomi sifatida, Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik holati yuzasidan fikr almashadilar.

Strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, oʻzaro manfaatli aloqalarni kengaytirish, turli sohalarda yangi qoʻshma loyiha va dasturlarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Shuningdek, tashrif kun tartibidan dolzarb xalqaro masalalar, jumladan, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash, Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish jarayoniga koʻmaklashish masalalari ham oʻrin olgan.

Undan tashqari, Rossiya prezidenti tashrifi doirasida ilk bor Taʼlim forumi va “Oʻzbekiston-Rossiya” hududlararo hamkorlik forumi oʻtkaziladi, shuningdek, mamlakatimizda atom elektr stantsiyasi qurilishining boshlanishiga bagʻishlangan marosim ham oʻtkaziladi.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida quyidagi hujjatlar imzolanadi:

  • Davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonotini qabul qilish;
  • 2019-2024 yillarga moʻljallangan iqtisodiy hamkorlik dasturi;
  • 2019-2021 yillarda madaniy-gumanitar sohada hamkorlik dasturi;
  • Oʻzbekistonda Rossiyaning yetakchi oliy taʼlim muassasalarining filiallarini tashkil etish va faoliyatini taʼminlash toʻgʻrisidagi kelishuv;
  • "Suffa" xalqaro radioastronomik observatoriyasini tashkil etish boʻyicha "Yoʻl xaritasi"
  • va boshqa muhim ikki tomonlama hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.

Tashrif davomida, shuningdek, Oʻzbekiston bilan Rossiya hududlari va ishbilarmon doiralari oʻrtasida yirik investitsiya va savdo shartnomalari imzolanishi ham kutilmoqda.

Mavzu:
Vladimir Putinning Oʻzbekistonga davlat tashrifi (31)

Asosiy mavzular