16:07 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Prezident RF Vladimir Putin i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev (sprava) na tseremonii ofitsialnoy vstrechi v Tashkente.

Putin Mirziyoyev unga yuqori baho berganini aytdi

Press-slujba Prezidenta RF
Siyosat
Havola olish
Vladimir Putinning Oʻzbekistonga davlat tashrifi (31)
101310

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan boʻlib oʻtgan kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarda Oʻzbekiston prezidenti uning tarixga qoʻshgan hissasini boʻrttirib” koʻrsatganini aytdi

TOSHKENT, 19 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻz chiqishida Rossiya rahbarining tarixga qoʻshgan hissasini oshirib koʻrsatganini qayd etdi.

Shu bilan birga Rossiya ikki davlat rahbarlari tomonidan davlatlaro aloqalarni rivojlantirish va xalqlar oʻrtasidagi doʻstlikni mustahkamlash borasidagi barcha kelishuvlarini bajarishini taʼkidladi.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev bugun, 19 oktyabr kuni Koʻksaroy qarorgohida Vladimir Putin bilan oʻtkazilgan kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarda Oʻzbekistonni “Rossiya Federatsiyasining ulkan yutuqlari quvontirishini, va bu yutuqlar jahon miqyoidagi buyuk davlat arbobi Vladimir Vladimirovich Putinning dono, uzoqni koʻzlab amalga oshiriladigan va qatʼiy siyosati tufayli erishilayotgani”ni qayd etib oʻtgandi.

Oʻzbekiston rahbari, shuningdek, “davlatlar oʻrtasida koʻpqirrali hamkorlik va doʻstlik aloqalarini mutahkamlashga qaratilgan shaxsiy urinishlari” uchun Putinga minnatdorlik bildirgan edi.

"Tarixga qoʻshgan hissamni boʻrttirib koʻrsatdingiz, lekin sizni ishontirmoqchimanki, biz nimaga kelishgan boʻlsak, barchasini bajaramiz. Ishonchim komil, bu bizning davlatlararo aloqalarimizga foyda keltiraoʻdi, xalqlarimiz oʻrtasida doʻstlikni mustahkamlaydi, va shubhasiz, bizning mamlakatlarimiz xalqlari farovonligiga oʻz ijobiy taʼsirini koʻrsatadi”, - dedi Putin oʻz chiqishini yakunlar ekan.

Mavzu:
Vladimir Putinning Oʻzbekistonga davlat tashrifi (31)

Asosiy mavzular