14:01 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Siyosat
Havola olish
28710

Strategik tadqiqot markazlari - ikki tomonlama munosabatlar, xususan transport, suv energetika, chegara masalalari boʻyicha takliflar tayyorlab, ekspertlar yigʻilishida muhokama qilinadi.

TOSHKENT, 29 okt - Sputnik. Tojikiston prezidenti huzuridagi strategik tadqiqotlar markazi direktori Xudoberdi Xoliqnazar Markaziy Osiyo ekspertlar forumi haqida oʻz fikrlarini bildirdi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qildi.

Tojikistonlik ekspertining soʻzlariga koʻra, davlatlarning strategik tadqiqot markazlari - ikki tomonlama munosabatlar, xususan transport, suv energetika, chegara muammolari boʻyicha takliflar tayyorlab, ekspertlar yigʻilishida muhokama qilinadi.

Ekspertlar darajasida muhokama qilingan masalalar boʻyicha tegishli takliflar tayyorlanib, hukumatga taqdim etiladi. Hukumat bu takliflar asosida masalalarni tartibga solish boʻyicha istiqbolli choralarni belgilaydi.

Ekspertlar forumi kun tartibidagi eng dolzarb masala - mintaqada xavfsizlikni taʼminlash, diniy ekstremizm tahdidlariga qarshi kurashishdir. Ushbu yoʻnalishlar boʻyicha har bir davlatning oʻz tajribasiga ega. Ekspertning soʻzlariga koʻra, yoshlarni diniy ekstremistlar taʼsiriga tushishini oldini olish zarur.  

Xudoberdi Xoliqnazar diniy mafkuraning mazmun mohiyati, ekstremizm gʻoyalariga qarshi kurashish masalalariga bagʻishlangan kitob tayyorlaganini maʼlum qildi. Bu kitobda ekstremizmning asosiy tahdidlari sanab oʻtilgan.

“Diniy ekstremistlar barcha davlatlarining suvereniteti va mustaqilligiga qarshi chiqishadi. Ularni yagona xalifatga birlashtirish va milliy madaniyatini yoʻq qilishga harakat qilishadi”, - dedi Xudoyberdi Xoliqnazar.

Eslatib oʻtamiz, bugun, 29 oktyabr kuni Toshkentda birinchi Markaziy Osiyo ekspertlar forumi oʻtkazildi.

Tadbir Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya boʻyicha BMTning Mintaqaviy markazi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirda mintaqada davlatlararo munosabatlarining istiqbollari va holati muhokama qilindi.

Asosiy mavzular