11:58 23 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.92
  • EUR9676.70
  • USD8624.51
Dilbar Nazariy -Ministr po delam jenщin Afganistana

Afgʻonistonlik ayol-vazir: patriarxal anʼanalardan voz kechish uchun vaqt kerak

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Siyosat
Havola olish
367 0 0

Afgʻonistonning ayollar masalalari boʻyicha vaziri Dilbar Nazariy Toshkentdagi anjumanda sharq mamlakatlarida ayollar va erkaklar tengligi masalasiga qanday yechim topish mumkinligi xususida gapirdi

TOSHKENT, 7 noya - Sputnik. Erkaklar ayollardan ustun degan stereotiplar hali mavjud boʻlgan mamlakatlarda patriarxal anʼanalardan voz kechish uchun vaqt kerak boʻladi, dedi jurnalistlarga Toshkentda oʻtkazilgan xalqaro anjumanda Afgʻonistonning ayollar masalalari boʻyicha vaziri Dilbar Nazariy.

Sayyora Xodjayeva
© Foto : iz lichnogo arxiva Sayyorы Xodjayevoy

Siyosatchi Afgʻonistonda kechayotgan demokratik jarayonlarda ayollar muhim rol oʻynayotganini, xususan, mamlakatda ayol vazirlar soni 4 nafarni tashkil etishini, Parlament(Shoʻroi milliy)ning quyi palatasi(quyi jirgʻa)da ayollar ishtiroki 32%ni, yuqori jirgʻada 27%ni, davlat boshqaruvi tizimida 26%ni, harbiy sohada 1%ni tashkil etishini aytib oʻtdi.

Vazirning taʼkidiga koʻra, afgʻon ayollari stereotiplarni yengib oʻtib, mamlakatni modernizatsiya qilish yoʻnalishida bormoqda. Patriarxal anʼanalardan voz kechish uchun esa vaqt talab etiladi.

"Bu uchun koʻp imkoniyatlar va resurslar kerak boʻladi. Xalqga modernizatsiya yoʻlini tanlashga imkon qoldirish kerak. Va biz oʻzbek ayollari bilan hamkorlikni kengaytirishga va oʻzaro tajriba almashishga tayyormiz", - deb qayd etdi Nazariy.

Eslatib oʻtamiz, Toshkentdagi "International Hotel Tashkent" mehmonxonasida Inson huquqlari Butunjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 70-yilligi munosabati bilan "Mamlakatning demokratik yangilanishi hamda modernizatsiyasida ayollarning roli: Oʻzbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot" mavzuida xalqaro konferentsiya boʻlib oʻtdi.

Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan konferentsiyada dunyoning 30 ga yaqin davlatidan xalqaro ayollar institutlari vakillari, siyosat, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda faol boʻlgan ayollar ishtirok etdi. Konferentsiya gender tenglik, ayolning davlat boshqaruvidagi roli va imkoniyatlari, ayollar bandligi va tadbirkorligi, ayollarni ijtimoiy himoyasi masalalari muhokama etildi.

Xalqaro miqyosdagi mazkur konferentsiyani oʻtkazishdan asosiy maqsad xalqaro hamjamiyatni Oʻzbekiston ayollarining jamiyat va davlat boshqaruvidagi davlat siyosatining istiqbolli yoʻnalishlari bilan tanishtirish, ayollarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy yoʻnalishdagi roli borasida xalqaro tajribani oʻrganishdan hamda kelgusida hayotga tadbiq etishdan iborat.

Asosiy mavzular