06:45 19 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Siyosat
Havola olish
589 0 0

Avstriya mudofaa vaziri Mario Kunasekning aytishicha, kontrrazvedkaga "doʻstlik xizmati" ishi boʻyicha maʼlumotlar bir necha hafta ilgari kelib tushgan. Jurnalistlar xabariga koʻra, gap nemis maxsus xizmati haqida bormoqda

TOSHKENT, 10 noya - Sputnik. Josuslik bilan bogʻliq mojarodan soʻng Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov avstraliyalik hamkasbi Karin Knaysl bilan telefon orqali Moskva va Vena munosabatlarini muhokama qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Rossiya tashqi ishlar idorasi taʼkidiga koʻra, Avstriya TIV rahbari Vena yuz bergan vaziyatda qaror qabul qilayotib qanday sabablarga tayanganilganini tushuntirgan. Knaysl shuningdek, oxirgi voqealar Rossiya va Avstriya munosabatlariga taʼsir oʻtkazmasligiga umid bildirgan.

Rossiya TIV rahbari oʻz navbatida xalqaro muloqot normalariga tamomila zid boʻlgan "isbotsiz ayblovlarni ommaviy ilgari surish amaliyotining" mutlaqo nomaqbulligini taʼkidlagan. Bundan tashqari, Lavrov oʻzaro har qanday eʼtirozlari yoʻlga qoʻyilgan aloqa kanallari va faktlar asosida muhokama qilish zarurligini qayd etgan.

Ilgariroq Knaysl Rossiyaga tashrifni bekor qilgan edi.

Mojaro mohiyati

Juma kuni Avstriya OAVlari isteʼfodagi polkovnik yigirma yil davomida Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda gumonlanib qoʻlga olingani haqida xabar bergan edi.

Taʼkidlanishicha, polkovnik avstriya HHK, artilleriya tizimlari, migratsiyaga oid inqirozlar toʻgʻrisida maʼlumot toʻplashi, shuningdek, yuqori martabali harbiylar haqida batafsil maʼlumotlar yigʻishi kerak boʻlgan.

OAVlar shuningdek, gumonlanuvchi Avstriya Mudofaa vazirligida faoliyat yuritgani haqida hikoya qilganlar.

Avstriya prokuraturasi xabariga koʻra, hibsga olingan polkovnik davlat sirini oshkor etganlikda gumonlanmoqda.

Huquqni muhofaza qilish organi xodimlari soʻzlariga koʻra, polkovnikka oʻn yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Avstriya mudofaa vaziri Mario Kunasekning aytishicha, kontrrazvedkaga "doʻstlik xizmati" ishi boʻyicha maʼlumotlar bir necha hafta ilgari kelib tushgan. Jurnalistlar xabariga koʻra, gap nemis maxsus xizmati haqida bormoqda.

Avstriya kantsleri Sebastyan Kurts Rossiyadan "transparent maʼlumot" talab qilgan va Vena ushbu holatni yevropalik sheriklar bilan muhokama qilish niyatida ekanligini aytgan.

Moskva munosabati

Rossiya TIV josuslik mojarosi fonida Rossiyadagi Avstriya elchisi Yoxannes Aygnerni chaqirtirgan. Diplomatga norozilik notasi topshirilgan.

Rossiya TIV Avstriya mazkur holatni yoʻlga qoʻyilgan muloqot kanallari orqali muhokama qilmaslikni afzal bilganidan taajubda ekanliklarini bildirishdi. Rossiya TIV isteʼfodagi polkovnikning Rossiya foydasiga josuslik qilishini OAV uchun yozilgan xabar, deya taʼkidlashdi.

Asosiy mavzular