03:07 26 Iyun 2019
Efir
  • RUB135.34
  • EUR9731.96
  • USD8562.34
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev

Mirziyoyev ikki yil davomida koʻplab ijobiy ishlarni amalga oshirdi - XMT vakili

© Sputnik / Sergey Guneyev
Siyosat
Havola olish
Samarqandda oʻtkazilgan Inson xuquqlari boʻyicha Osiyo forumi (6)
55920

Xalqaro mehnat tashkiloti vakili Kari Tapiolaning aytishicha, muammo yuzaga keladigan boʻlsa, odamlarga shikoyat qilish imkonini bergan qayta aloqa tizimi ayniqsa soʻnggi ikki yil davomida katta ish bermoqda

TOSHKENT, 24 noya – Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ikki yillik prezidentligi davrida bolalar mehnati va majburiy mehnatga chek qoʻyish boʻyicha koʻplab ijobiy ishlar amalga oshirildi, dedi Samarqandda oʻtkazilgan Inson huquqlari boʻyicha Osiyo forumida Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga bergan intervyusida Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktorining maxsus maslahatchisi Kari Tapiola.

Tapiolaning soʻzlariga koʻra, bir necha yillar davomida Oʻzbekistonda paxta xosilini yigʻib olish mavsumida bolalar mehnati va majburiy mehnat muammolari mavjud boʻlgan. Va bu borada Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) vakillari mahalliy hukumat vakillari bilan samarali hamkorlikni amalga oshirgan.

"Forum oʻtkazilishi oldidan Toshkentda joriy yilda paxta xosilini yigʻib olish natijalari muhokamasiga bagʻishlangan doira suhbati boʻlib oʻtdi. Xalqaro mehnat tashkilotining mustaqil monitoringi Oʻzbekistonda bolalar mehnati - endilikda muammo emas, degan xulosani eʼlon qildi", - dedi XMT vakili.

Tapiola, shuningdek, mamlakatda majburiy mehnat borasida ham katta ijobiy oʻzgarishlar boʻlayotganini qayd etib oʻtdi.

"Aytishimiz mumkin-ki, Mirziyoyev prezidentligi davrida ikki yil davomida joriy qilib kelingan dasturlar ish bermoqda va biz bugun ularning natijasiga guvoh boʻlib turibmiz", - deb taʼkidladi suhbatdosh.

Tapiolaning taʼkidiga koʻra, har yili 2,5-3 million kishi band boʻladigan butun boshli yollanma mehnat tizimini oʻzgartira olish - bu ulkan ish. Va bu tizimni oʻzgartirishda - bandlikning har qanday turi ish shart-sharoitlari erkin xohish istak-asosida belgilanadigan shartnomaga asoslanishiga eʼtibor qaratmoq zarur.

Bu esa koʻproq axborot tarqatish va katta oʻzgarishlar kiritilishini talab etadi.

XMT vakili shu asnoda, Oʻzbekiston rahbari tomonidan kiritilgan qayta aloqa tizimiga ijobiy baho berdi.

"Muammo yuzaga kelganida odamlarga shikoyat qilish imkonini bergan, oʻziga xos qayta aloqa tizimi - avvalgidan koʻra ancha koʻproq ish berayotganini koʻrmoqdamiz. Biz besh yil davomida hukumat va fuqarolik jamiyati oʻrtasida konstruktiv muloqot borligiga guvoh boʻlgan boʻlsak, soʻnggi ikki yilda bu muloqot yanada samara berayotganiga guvoh boʻldik. Ikki yil davomida koʻplab ijobiy ishlar amalga oshirildi. Va XMT bu hamkorlikdan mamnun va unga hurmat bilan qaraydi", - dedi Tapiola.

Kari Tapiola intervyu yakunida inson huquqlari boʻyicha Osiyo forumi yuqori darajada oʻtkazilganini, u oʻzi uchun koʻplab yangi maʼlumotlar olganini va bu unga maʼlum bir vaziyatni yanada yaxshiroq tushunishga yordam berganini aytdi.

Eslatib oʻtamiz, 22-23 noyabr kunlari Samarqand shahrida Inson huquqlari boʻyicha Osiyo forumi oʻtkazildi. Yigirma besh davlat vakillari ishtirok etgan yirik xalqaro anjuman Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligiga bagʻishlandi. 

Osiyo forumining asosiy ish faoliyati inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha qitʼadagi mavjud mexanizmlarni yanada takomillashtirish va yangilarini taʼsis etish, inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni taʼminlash yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga qaratildi.

Xalqaro anjuman ishtirokchilari toʻrtta sessiyada muayyan mavzular boʻyicha muloqot olib bordilar.

Osiyo forumi yakunida Inson huquqlari boʻyicha Samarqand deklaratsiyasini qabul qilindi. Ushbu yakuniy hujjat Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va Barqaror rivojlanish maqsadlarida belgilangan vazifalarni yanada samarali bajarish istiqbollariga bagʻishlangan.

Mavzu:
Samarqandda oʻtkazilgan Inson xuquqlari boʻyicha Osiyo forumi (6)

Asosiy mavzular