Zaxarova: Tramp Putin bilan uchrashuvni AQShdagi ichki vaziyatlar tufayli bekor qildi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishOfitsialniy predstavitel ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova.
Ofitsialniy predstavitel ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV rasmiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, Donald Trampning qarori Qora dengizdagi hodisaga bog‘liq emas.

TOShKENT, 30 noya - Sputnik. Juma kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQSh prezidenti Donald Trampning G20 sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvni bekor qilish haqidagi qaroriga izoh berdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Mariya Zaxarovaning fikriga ko‘ra, Trampning bayonoti Qora dengizdagi Ukraina dengizchilari bilan bo‘lgan hodisaga aloqasi yo‘q, to‘g‘risi, bu AQShdagi ichki siyosiy vaziyatga bog‘liq.

“Menimcha, har holda AQShdagi ichki siyosiy vaziyatdan javobni izlash lozim. AQShdagi ichki siyosiy qarama-qarshilik - mana bu qaror qabul qilishda asosiy bo‘lgan”, - deydi Mariya Zaxarova.

Vstrecha prezidenta Rossii Vladimira Putina i prezidenta SShA Donalda Trampa - Sputnik O‘zbekiston
Tramp G20 sammitida Putin bilan uchrashmasligi mumkin – OAV

So‘nggi kunlarda Tramp fikrini bir necha marta o‘zgartirishga ulgurdi – chorshanba kuni Rossiya prezidenti bilan suhbat o‘tkazishga ishonchi komil emasligi ma’lum qildi, so‘ngra Vashington uchrashuvni tasdiqladi, payshanba kuni esa AQSh yetakchisi yana uchrashuvni bekor qildi.

Shu bilan birga, u Qora dengizdagi hodisa bo‘yicha ma’ruza sabab bo‘lganini ta’kidlagandi.

Eslatib o‘tamiz, 25-noyabr kuni ertalab Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining “Berdansk”, “Nikopol” va “Yani Kapu” kemalari Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tib, mamlakatning hududiy suvlariga kirgan. Qora dengizdan Kerch bo‘g‘ozi bo‘ylab harakat qilishgan. Ular Rossiya harbiylarining talablariga bo‘ysunishmagan va natijada qo‘lga olingan. Chorshanba kuni dengizchilarga ayblov qo‘yildi.

Yangiliklar lentasi
0