TOSHKENT, 30 noya — Sputnik. Terroristlar bilan geosiyosiy maqsadlarda oʻynashish ular tomonidan yangi qonli jinoyatlar sodir etilishiga olib keladi, deb bayonot qildi RF prezidenti Vladimir Putin.
"Terroristik uyushmalarga nisbatan ikkilamchi standartlarni yoki har qanday turdagi kompromisslarni qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Shu jumladan, avantyuraga yoʻl qoʻyib ulardan geosiyosiy maqsadlarda foydalanishga ham. Chunki terroristlar bilan oʻynashish ularga qoʻl keladi va ularni yangi qonli jinoyatlarni sodir etishga daʼvat qiladi", - deb bayonot qildi Putin G20 sammitida BRIKS uchrashuvida soʻzlagan nutqida.
Eslatib oʻtamiz, G20 sammiti 30 noyabr - 1 dekabr kunlari Argentina poytaxtida boʻlib oʻtmoqda.