06:30 13 Dekabr 2018
Efir
  • RUB125.22
  • EUR9456.46
  • USD8312.64
Zampredsedatelya komiteta Gosdumы RF po obrazovaniyu Gennadiy Oniщenko

Rossiyadagi oʻzbek mahsulotlari: Oniщenko asosiy muammo haqida gapirdi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Siyosat
Havola olish
776 0 0

Gennadiy Oniщenko Sputnik Oʻzbekiston agentligiga bergan intervyusida oʻzbek milliy oshxonasiga munosabati haqida gapirib, nega Oʻzbekiston qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hammasi ham Rossiya savdo rastalarigacha yetib bormasligini tushuntirdi

TOSHKENT, 5 dek — Sputnik. Rossiyaning sobiq Bosh sanitar vrachi, hozirda Gosduma deputati Gennadiy Oniщenko Oʻzbekistonga bir kunlik safarni amalga oshirdi. Sputnikka bergan eksklyuziv intervyusida u oʻzbek meva va sabzavotlari foydasi hamda oʻzbek oshxonasidan qaysi taomni sevib isteʼmol qilishi haqida gapirdi.

Gar sogʻlom boʻlay desang

Toshkentga uyushtirgan safari davomida rossiyalik vrach-epidemiolog dastlab Tibbiyot akademiyasiga qadamranjida qildi, u yerda oʻzbek hamkasblari bilan muloqotda boʻldi va oliygoh talabalari uchun maʼruza oʻqidi.

Uchrashuv yakunida Gennadiy Grigoryevich Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga bir necha daqiqa ajratdi hamda kun tartibida turgan qator dolzarb savollarga javob berish asnosida ikki davlat oʻrtasida tibbiyot va taʼlim sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida gapirdi.

Anʼanaga muvofiq, maʼruza yakunida mehmonga zarchopon kiydirildi va doʻppi sovgʻa qilindi.

Gennadiy Oniщenko v uzbekskom chapane i tyubeteyke
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Gennadiy Oniщenko v uzbekskom chapane i tyubeteyke

Moskva delegatsiyasi tashrifining bosh maqsadi — taʼlim va ekologik dasturlar doirasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. Gennadiy Grigoryevich, Rossiyada turli tadbirlar oʻtkazilishini taʼkidladi – masalan, oʻtgan yilda qattiq chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha tanlov, shuningdek, ekologik mavzular boʻyicha shanbalik va lektsiyalar oʻtkazilgan. Bu yil esa, Oniщenkoning aytishicha, "Ovqatlanish va uzoq umr" mavzusida tanlov rejalashtirilgan.

"Bizdagi bu tanlovlar xalqaro maqomga ega, oʻtgan yil Belarus va Donbassdan bolalar qatnashishgan. Umid qilamizki, kelasi yilda oʻzbekistonliklar ham qoʻshilishadi", - deb hikoya qildi deputat.

Rossiya delegatsiyasining Toshkentga tashrifi ham ushbu tanlovda Oʻzbekistondan bolalar ishtirok etishiga bagʻishlangan edi.

"Agar respublikadan ham bolalarishtirok etishsa, yaxshi boʻlardi. Bu uchun stimul ham bor - gʻoliblar, qoidaga muvofiq - "Artek"da yigʻilishadi… Bu sovet davridayoq mashhur boʻlgan lager boʻlib, juda zoʻr holatga keltirilgan, va hatto men, sanitar vrach sifatida qanchalik injiq boʻlmayin, ushbu bolalar markazidagi holatni koʻpincha aybsitolmayman", — dedi hazil aralash Oniщenko.

Oʻtgan yil tanlovda ikki millionga yaqin odam ishtirok etgan, "Artek"kacha 200 yetakchi yetib bora olgan, xolos.

"Ilgarilari bir davlat, bitta tajriba edi. Oʻtgan hayotimizda boʻlgan eng yaxshi tajribalarni hozirgi hayotimizga qaytarishimiz kerak", - deya oʻz fikri bilan oʻrtoqlashdi Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha Oniщenko.

Tibbiyot sohasidagi kadrlar haqida gapirar ekan, Gennadiy Grigoryevich Rossiyada bugungi kunda Oʻzbekistondan boʻlgan talabalar soni koʻpligini, ularning aksariyati tibbiy oliygohlarda tahsil olishini qayd etdi. Shu bilan birga, kelgusida respublikada Rossiya tibbiyot universitetlari filiallari paydo boʻlishini istisno etmadi, "albatta, agar shunga zarurat va ikkiyoqlama qiziqish boʻlsa", - deb qoʻshimcha qildi u.

"Bunday masala hali muhokama qilingan emas, chunki bu katta mehnat va xarajatlarni talab etadi. Bino qurish talab etiladi, kadrlar masalasini hal etish. Chunki, Rossiyadan qatnab talabalarni oʻqitish ham ish emas, bilasiz. Lekin tomonlar hal etsa, bunday filialni ochishdan naf bor, bundan ikkala davlat ham foyda koʻradi", — deb izoh berdi Oniщenko.

Foydali palov, taʼqiqlangan vino va zararli turshaklar

Turli oziq-ovqatlar borasida oʻzining shov-shuvli va tanqidiy bayonotlari bilan mashhur Gennadiy Oniщenko oʻzbek oshxonasining faxri - palov haqida maqtovlarini ayab oʻtirmadi. Unga koʻra, bu taom, agar u meʼyorda, qolaversa koʻk choy bilan birgalikda isteʼmol qilinsa foydadan xoli emas.

"Palov - bu bayramona taom. Buning uchun Oʻzganning malla guruchi, zira, zirk kerak... Hammasi qoidaga muvofiq bajarilsa - bu sogʻliq uchun foydali.  Albatta, palovni meʼyorda isteʼmol qilishganda", — deydi u, Moskvada bugungi kunda koʻplab joylarda palov tayyorlanishi va bu taom juda ommabopligini qoʻshimcha qilgan holda.

Gennadiy Oniщenko turli yillarda Rospotrebnadzor rahbari sifatida oʻzi taʼqiq qoʻygan mahsulotlarga toʻxtalar ekan, u yoki bu isteʼmol mollari birinchi navbatda qalbakiligi uchun "qora roʻyxat"ga tushganligini aytdi.

"Oʻsha vaqtda soxtalashtirilgan isteʼmol mahsulotlari hajmi ortib ketgan va ular qoʻyilgan talablarga mutlaqo javob bermasdi. Masalan: Moldova hududida yetishtirilgan uzumdan 20 million dekalitr vino ishlab chiqarish mumkin edi. Rossiya bozorida esa bu ichimlik miqdori 40 million dekalitrni tashkill qilgan - asosiy qismi soxta mahsulot boʻlgan", — deya eslatdi Rossiyaning sobiq Bosh sanitar vrachi.

Oniщenkoning fikricha, unga Gruziyada haykal oʻrnatishlari kerak – pnega deganda, u oʻzining taʼqiqlari va kontrafaktlarga qarshi kurashgani bilan oʻta noyob vinochilik madaniyatini saqlab qolishga yordam bergan.

"Gruziya hududida yaxshi vinoni xarid qilish imkoni yoʻq, hammasi soxta mahsulot edi. Hozir esa hammasi izga tushdi va gruziya vinosi rossiya bozoriga qaytdi", - deb qoʻshimcha qildi u.

Oniщenkoga koʻra, oʻzbek mahsulotlarini bu muammoga taqqoslab boʻlmaydi, taʼbir joiz boʻlsa, oʻzbek mahsulotlari Rossiyada juda yetishmaydi.

Oniщenko sovet davrida Oʻzbekiston faqat paxta yetishtirgani va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari kam yetishtirilgani haqida eslatib oʻtdi.

"Noyob oʻzbek dehqonchilik madaniyati, xudoga shukrki, hozirda tiklanmoqda. Lekin oʻzbek poliz mahsulotlari va mevalari bizlarda yetishmaydi. Albatta, koʻproq boʻlishini xohlardik. Men, misol uchun oʻzbek qalampirini yaxshi koʻraman - u achchiqroq. Va albatta, behi, xurmo, shaftoli va boshqa mahsulotlarni... Yana gʻoʻzapoya oʻtinida pishirilgan tandir nonlar juda mazali boʻladi, taʼmi boshqacha boʻladi", - deb qayd etdi Oniщenko.

Oniщenkoga koʻra, agar Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qoʻshilgan taqdirda, bu oʻzbek meva-sabzavotlarining eksporti salmoqli oshishiga turtki boʻlar edi.

"Yagona bozor bojxona toʻsiqlarisiz oʻzaro mahsulot almashish imkoniyatini yaratadi. Gar Rossiya va Oʻzbekistonda sifatsiz mahsulotlar aniqlansa, ularga nisbatan tegishli choralar qoʻllaniladi", - deb tushuntirdi Rossiya parlament vakili.

Yaqinda OAVlarda tarqalgan, Oʻzbekistondan keltirilgan bir necha partiya quritilgan mevalar yoʻq qilinishi bilan bogʻliq xabarlarga izoh berar ekan, Rossiyaning sobiq bosh sanitar vrachi Oʻzbekistondan Rossiyaga mahsulotlar olib kirilishi taʼqiqlanmagani, ammo qatʼiy sanitar talablar mavjudligi, va shular asosida aniq holat boʻyicha qarorlar qabul qilinishini taʼkidladi.

"Gap shundaki, olib kirilayotgan mahsulotlarda, yongʻoq yoki quritilgan mevalarda kasalliklar qoʻzgʻatuvchilari boʻlishi mumkin. Agar oʻtkazilgan tekshiruvlar buni isbotlasa, bu singari xavfli mahsulotlar viruslar tarqalmasligi uchun yoʻqotiladi. Ammo oʻzbek mahsulotlariga qarshi markazlashgan taʼqiq yoki cheklovlar yoʻq", - deb tushuntirdi Oniщenko.

Asosiy mavzular