07:15 13 Dekabr 2018
Efir
  • RUB125.22
  • EUR9456.46
  • USD8312.64
Stranы mira. Afganistan

Oʻzbekiston va Britaniya Afgʻonistonda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga tayyor

© Sputnik / Valeriy Melnikov
Siyosat
Havola olish
299 0 0

Britaniya tomoni Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi tinchlik jarayoniga koʻmaklashish boʻyicha izchil saʼy-harakatlarini qayd etdi.

TOSHKENT, 6 dek — Sputnik. London shahrida Oʻzbekiston prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev va Buyuk Britaniya Bosh vazirining Afgʻoniston va Pokiston boʻyicha Maxsus vakili Garet Beyli ishtirokida Oʻzbekiston – Britaniya maslahatlashuvlari oʻtkazildi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Uchrashuvda Afgʻoniston va unga tutash mintaqadagi vaziyatning rivojlanishi, afgʻonlararo muzokaralar jarayonini boshlash yuzasidan amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar borasida fikr almashildi.
Shuningdek, 2018-yil 27-martda “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi Afgʻoniston boʻyicha nufuzli xalqaro konferentsiyada qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasini amalga oshirish doirasidagi hamkorlikning muhim yoʻnalishlariga alohida eʼtibor qaratildi.

“Britaniya tomoni Oʻzbekistonning “Tolibon” harakati hamda barcha Afgʻonistondagi siyosiy kuchlar ishtirokidagi tinchlik jarayoniga koʻmaklashish boʻyicha izchil saʼy-harakatlari dunyo hamjamiyati tomonidan qoʻllab-quvvatlanganini qayd etdi. Afgʻonistonda qoʻshma ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni, jumladan infrastruktura, madaniy-gumanitar hamda taʼlim sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirildi”, - deyilgan xabarda.

Oʻzbekiston terrorizmga qarshi faol kurash olib bormoqda. 21-24 noyabr kunlari ushbu muammoni xalqaro miqyosida “Oʻzbekiston-Yevropa”  Hamkorlik kengashi majlisida va “Yevropa ittifoqi-Markaziy Osiyo” hududlararo uchrashuv doirasida Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov muhokama qilgan edi.

Asosiy mavzular