13:49 24 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Direktor FSB Rossii Aleksandr Bortnikov

Bortnikov migratsiya oqimlari ustidan nazorat kuchaytirilgani haqida gapirdi

© Sputnik / Sergey Guneyev
Siyosat
Havola olish
381 0 0

FXX rahbari Aleksandr Bortnikov 2018 yilda terrorchilikda gumon qilinayotgan 10 mingdan ziyod shaxlarga Rossiyaga kirish taqiqlanganini xabar qildi.

TOSHKENT, 11 dek - Sputnik. Milliy terrorchilikka qarshi qoʻmita majlisida Rossiya Federal xafvsizlik xizmati (FSB) rahbari Aleksandr Bortnikov migratsiya oqimlari ustidagi nazorat kuchaytirilgani haqida gapirdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Xabarda aytilishiga koʻra 2018 yilda FXX xodimlari tomonidan terrorchilikda gumon qilingan 10 mingdan ortiq  shaxslarga Rossiya hududiga kirishni taqiqlagan.

Bundan tashqari, 60dan ziyod rossiyaliklar va xorijliklarga Yaqin Sharqdagi qurolli nizo mintaqalari Suriya va Eronga kirish taqiqlangan.

Terrorizmga qarshi kurashish barcha MDH davlatlarining eng jiddiy va dolzarb muammolaridan biridir, jumladan, Oʻzbekistonning. Oʻzbekiston 2018 yil terrorizm jahon indeksi roʻyxatining qariyb eng oxirgi pogʻonalaridan biri 134-oʻrinni egalladi. Iroq, Afgʻoniston va Nigeriya yetakchi uchlikka kiritilgan. Tojikiston –74, Rossiya esa 34-pogʻonada joylashgan. Terrorizm jahon indeksi (GTI) “terrorizm taʼsirini” aks ettiradi va turli ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari hamda radikal oqimlar paydo boʻlishining geosisyosiy omillari tahlilida tuziladi.

Asosiy mavzular