02:19 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30

Mirziyoyev Oʻzbekistonda malakali kadrlar yetishmasligi haqida bayonot qildi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy
Siyosat
Havola olish
667 0 0

Mirziyoyev kadrlar masalasi "bizning kelajagimiz, bizning ertangi kunimiz", deb qayd etgan

TOSHKENT, 18 dek - Sputnik. Oʻzbekistonda 1000 ga yaqin xorijiy olimlar va ekspertlarni jalb etishga talab bor. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 18-dekabr kuni oʻtkazilgan zamonaviy kadrlarga boʻlgan ehtiyojni toʻldirish, bilimli yoshlarni strategik sohalarga jalb etish masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda bayonot qildi.

"...Hozirgi tizimli oʻzgarishlar jarayonida aksariyat mutaxassislarning bunga tayyor emasligi, ularning bilimi, malakasi va koʻnikmasi zamon talabiga javob bermasligi ayon boʻlib qoldi. Masalan, xorijda doktorantura va magistraturada oʻqitish, malaka oshirish va stajirovkani tashkil qilish boʻyicha dastlabki ehtiyoj 3,5 mingdan ortiq. Yurtimizda xalqaro ilmiy va amaliy tajriba ega 600 nafardan ziyod vatandoshlarimizga ehtiyoj mavjud. 1000 ga yaqin xorijiy olimlar va ekspertlarni jalb etishga talab bor.

Yaʼni, bugun kechiktirib boʻlmaydigan, oddiy ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga boʻlgan ehtiyoj 5 mingdan ziyodni tashkil etadi. Agar ishlab chiqarishdagi talab ham inobatga olinsa bu raqam kamida 50-100 baravarga oshadi", - deb aytgan Mirziyoyev.

Oʻzbekiston yetakchisi yaqin va uzoq istiqboldagi iqtisodiy rivojlanish nuqtai nazaridan mamlakatga qaysi soha uchun qanday mutaxassis kerak boʻladi, shuni hozirdan chuqur oʻylash, zamon talabi, islohotlar shiddatiga mos kadrlarni tarbiyalash zarurati haqida ham qayd etib oʻtgan.

"Bu masala bizning kelajagimiz, bizning ertangi kunimiz", – degan Mirziyoyev. 

 

Vazirlar Mahkamasiga "El-yurt umidi" jamgʻarmasi bilan birgalikda barcha vazirlik va idoralar kesimida xorijda kadrlar tayyorlash, stajirovkasini tashkillashtirish boʻyicha "Yoʻl xaritasi" ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.

Oliy taʼlim vazirligi, "El-yurt umidi" jamgʻarmasiga kadrlarni xorijga yuborish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni aniqlab, tanlov eʼlon qilish boʻyicha topshiriq berildi. 

Jamgʻarma Tashqi ishlar vazirligi, Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda xorijda qimmatli tajribaga ega boʻlgan vatandoshlarimiz toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirib borishi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mamlakatlar va mutaxassisliklar kesimida vatandoshlar toʻgʻrisida maʼlumotlar reyestrini tezroq ishga tushirishi zarurligi qayd etildi.

Oʻzbekiston prezidenti mamlakatga jalb etilayotgan har qanday xorijiy investitsiyaning maʼlum bir qismini malakali mutaxassislar tayyorlashga yoʻnaltirish kerakligini alohida taʼkidladi. 

Asosiy mavzular