11:29 17 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov

Kamilov Qirgʻizistonning yangi elchisini qabul qildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
Siyosat
Havola olish
62 0 0

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning koʻp qirraliligi va jadal rivojlanayotganligi, bunda markaziy oʻrinni oliy darajadagi muntazam uchrashuvlar egallayotgani mamnuniyat bilan eʼtirof etildi.

TOSHKENT, 20 dek – Sputnik. 2018 yil 20 dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qirgʻiziston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Ibragim Djunusovni qabul qildi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

“Ishonch yorliqlari nushasini topshirishga bagʻishlangan qisqa marosimdan soʻng Oʻzbekiston – Qirgʻisizton kun tartibining muhim masalalari boʻyicha suhbat boʻlib oʻtdi”, - deyilgan xabarda.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning koʻp qirraliligi va jadal rivojlanayotganligi, bunda markaziy oʻrinni oliy darajadagi muntazam uchrashuvlar egallayotgani mamnuniyat bilan eʼtirof etildi.

Taʼkidlanganidek, bir-birining manfaatlarini hurmat qilish va oʻzaro foydaga asoslanuvchi savdo-iqtisodiy, investitsion va mintaqalararo aloqalar davlatlararo muloqotda muhim oʻrin tutadi.

18 dekabr kuni Oʻsh shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekistonning chegaradosh viloyatlari rahbarlari bilan Qirgʻiziston Hukumatining chegaradosh viloyatlardagi muxtor vakillari kengashi ikkinchi yigʻilishining muvaffaqiyatli yakunlari hamda erishilgan aniq kelishuvlar tomonlarda hamkorlikni kengaytirish uchun sezilarli salohiyat mavjudligidan guvohlik beradi.

TIVdagi uchrashuvda baʼzi xalqaro va mintaqaviy masalalar boʻyicha ham fikr almashildi.

Asosiy mavzular