Mirziyoyev: qachon yirik brendlarga ega bo‘lamiz?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel soveshanie po chistote territoriy i zdorovyu naseleniya
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po chistote territoriy i zdorovyu naseleniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Videoselektor yig‘ilishida yangi yaratilgan soliq ma’muriyatchiligi tizimini oqilona yo‘lga qo‘yish uchun amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab berildi

TOShKENT, 20 dek - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 20-dekabr kuni yangi qabul qilingan soliq siyosati konsepsiyasini amaliyotga to‘liq tatbiq qilish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi, deb xabar qildi prezident matbuot-xizmati.

Jamshid Kuchkarov - Ministr finansov - Sputnik O‘zbekiston
Soliqchilarni politsiyaga o‘xshatardik: Moliya vaziri soliq tizimi haqida

Videoselektor yig‘ilishida yangi yaratilgan soliq ma’muriyatchiligi tizimini oqilona yo‘lga qo‘yish uchun amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab berildi. 

2019 yil 1-yanvardan boshlab, xodimlar sonidan qat’i nazar, tovar aylanmasi 1 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan subyektlar umumbelgilangan soliq to‘loviga o‘tadi. 

"... yagona soliq to‘lovchi bilan umumbelgilangan soliq to‘lovchilar o‘rtasida soliq yukidagi farq haddan tashqari yuqori bo‘lib, bu kichik biznesning yiriklashuvini rag‘batlantirmaydi. Dunyoga mashhur “Adidas”, “Nayk”, “Indezit”, “Knauf” kabi brendlar o‘z vaqtida kichik oilaviy korxona bo‘lgan va ushbu rag‘bat tufayli yirik kompaniyalarga aylangan. O‘zbekistonda qachon shunday yirik brendlarga ega bo‘lamiz?", - deb ta’kidlagan Mirziyoyev selektor yig‘ilishi davomida.

Umumbelgilangan soliqlarni hisoblash bo‘yicha hududiy soliq organlari xodimlarining malakasi va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, tadbirkorlik subyektlari buxgalterlarini bunga tayyorlash kerakligi ta’kidlangan. 

Soliq to‘lovchilar yuzaga keladigan barcha tushunmovchiliklarga javob topishi uchun "Savol va javob" internet sahifasini hamda kechayu kunduz ishlaydigan "Koll sentr"lar faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Yangi soliq kodeksi soliqqa tortish bo‘yicha barcha tartib, mexanizm va uslublarni to‘liq qamrab olishi, hamma uchun tushunarli bo‘lishi kerak. Bu ishlar adolatli va rag‘batlantiruvchi soliq tizimini yaratish bo‘yicha qo‘ygan birinchi qadamlarimizdir, deb qayd etgan davlat rahbari.

Yangiliklar lentasi
0