23:25 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Vid na telebashnyu Bordj-ye Milad v Tegerane

Oʻzbekiston va Eron Afgʻoniston masalasini muhokama qildi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko
Siyosat
Havola olish
177 0 0

Oʻzbekiston prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Eron elchisi bilan uchrashuvda 2019-yildagi qoʻshma tadbirlar jadvali boʻyicha takliflarni koʻrib chiqdi

TOSHKENT, 27 dek - Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Eron elchisi Bahman Ogʻoroziy Doʻrmoniy bilan uchrashdi, deb xabar berdi TIV matbuot-xizmati.

Taʼkidlanishicha, suhbatda Oʻzbekiston – Eron kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashilgan.

2018-yilda ikki tomonlama munosabatlardagi ijobiy oʻsish mamnuniyat bilan qayd etilgan va 2019-yildagi qoʻshma tadbirlar jadvali boʻyicha takliflar koʻrib chiqilgan.

Uchrashuvda Afgʻonistondagi tinchlik jarayoniga koʻmaklashish doirasida hamkorlik masalasiga ham eʼtibor qaratilgan. Ushbu mamlakatda infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda, jumladan mintaqaviy ahamiyatga ega temir yoʻl magistralini qurishda hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilingan.

Asosiy mavzular