22:38 19 Mart 2019
Efir
  • RUB129.09
  • EUR9488.13
  • USD8378.04
Ilxom Nematov - Pervыy zamestitel ministra inostrannыx del

TIV Shavkat Mirziyoyev topshirigʻini toʻliq bajaradi - Ilhom Neʼmatov

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Siyosat
Havola olish
27710

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaati va katta yigʻilishlarda Oʻzbekistonning chet davlatlardagi elchixonalari oldida turgan asosiy vazifa - xorijiy sarmoya va turistlarni jalb qilish ekanligi toʻgʻrisida koʻp takrorlaydi. TIV vakili 2019 yilda prezident topshirigʻi qanday bajarilishi toʻgʻrisida gapirdi

TOSHKENT, 9 yanv - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019 yil boshida oʻtkazilgan ilk yigʻilish joriy yilgi investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish masalalariga bagʻishlandi.

Ushbu videoselektordan soʻng Xalqaro Press Klubda "Investitsiya - iqtisodiyot drayveri, uning yuragi: islohotlar, muhim vazifalar va muammolar tahlili" mavzusida dastur toʻgʻridan-toʻgʻri  efirga uzatildi va unda  Oʻzbekiston TIV rahbarining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov vazirlik joriy yil prezident tomonidan qoʻyilgan topshiriqni qanday bajarishi toʻgʻrisida soʻzladi.

Vazir oʻrinbosarining aytishicha, tashqi ishlar vazirligi elchixonalar bilan birgalikda 2019 yilda aniq reja, yaʼni Oʻzbekistonga sarmoya olib kirishga qaratilgan yoʻl xaritalarini ishlab chiqqan. Ushbu yoʻl xaritalarida asosiy eʼtibor energetika, yengil sanoat, maishiy xizmat, taʼlim, maktabgacha taʼlim hamda sogʻliqni saqlash sohalariga qaratilgan.

Bundan tashqari, tashqi ishlar vazirligi hozirgi kunda "iqtisodiy diplomatiya"ni kuchaytirish boʻyicha ham ish rejalar ustida ishlamoqda.

Prezidentdan master-klass: turistlarni qanday jalb qilish kerakligi borasida >>>

"Oʻzbekistonga oʻtgan yil 2 mlrd 700 million dollarlik toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya olib kirgan boʻlsak, bu yil bizning oldimizga 4 mlrd 200 million dollarlik investitsiya olib kirish vazifasi turibdi. Davlat investitsiya qoʻmitasi, tashqi savdo vazirligi va Oʻzbekistonning boshqa iqtisodiy tuzilmalari bilan ishlab chiqqan yoʻl xaritasiga koʻra mana shu 4 milliarddan ziyod investitsiyalarni olib kelishga harakat qilamiz. Albatta, juda katta, lekin egallasa boʻladigan marra", - deb vaʼda berdi Neʼmatov.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parlamentga murojaatida 2019 yilni "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili" deb eʼlon qilar ekan, "hech qaysi davlat investitsiyani rivojlantirmasdan, hech qanday natijaga erishmaydi. Eng murakkab yoʻl - bu investitsiya jozibardorligini sarmoyadorlarga yetkazish boʻyicha katta ishlarni qilishimiz kerak. Muhitni yaratmas ekanmiz, oldimizga qoʻygan yuksak marralarga erisholmaymiz", degan edi.

Asosiy mavzular