02:59 26 Iyun 2019
Efir
  • RUB135.34
  • EUR9731.96
  • USD8562.34
Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov vstretilsya s ministrom inostrannыx del Kыrgыzstana Chingizom Aydarbekovыm

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston TIV rahbarlari hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi

Press-slujba MID Uzbekistana
Siyosat
Havola olish
62 0 0

Uchrashuvda 2018-yilning 11 oyi davomida oʻzaro savdo hajmi 2017-yilning ushbu davriga nisbatan 55 foizga oshib, 363 million dollarni tashkil etgani qayd etildi.

TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkent shahriga kecha kelgan Qirgʻiziston Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov bilan muzokaralar oʻtkazdi.

“Suhbat chogʻida mamnuniyat bilan qayd etilganidek, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasida turli darajalarda, avvalo davlat rahbarlari oʻrtasida muntazam hamkorlikni oʻrnatilgani tufayli ikki tomonlama munosabatlarda misli koʻrilmagan doʻstona muhit yaratildi, bu esa toʻplanib qolgan muammolarni izchil hal etish va hamkorlikning yangi bosqichiga koʻtarishga imkon berdi”, - deyilgan TIV matbuot xizmati xabarida.

Vazirlar asosiy eʼtiborni siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki mamlakat aloqalarini 2019-yilda va istiqbolda yanada chuqurlashtirishning ustuvor yoʻnalishlarga qaratdilar.
Uchrashuvda 2018-yilning 11 oyi davomida oʻzaro savdo hajmi 2017-yilning ushbu davriga nisbatan 55 foizga oshib, 363 million dollarni tashkil etgani qayd etildi.

“Oʻzbekistonning chegaraoldi viloyatlari hokimlari va Qirgʻiziston Hukumatining chegaraoldi viloyatlaridagi vakolatli vakillari Kengashi majlislarini ikki davlat Bosh vazirlari rahbarligida muntazam ravishda oʻtkazilishi ikki tomonlama munosabatlarda muhim rol oʻynaydi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, 12-13-yanvar kunlari Samarqand shahrida Afgʻoniston ishtirokida boʻlib oʻtadigan “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqotining birinchi uchrashuvi kun tartibiga doir masalalar yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar ushbu shakldagi forum turli yoʻnalishlardagi mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish imkonini berishiga ishonch bildirildilar.

Muzokaralar yakunida tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari ikki tomonlama va Markaziy Osiyo shaklidagi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga sodiq ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.

Asosiy mavzular