08:59 22 Mart 2019
Efir
  • RUB129.09
  • EUR9488.13
  • USD8378.04
Shavkat Mirziyoyev pribыl v Indiyu

Oʻzbekiston "Yorqin Gujarat" forumiga tayyorgarlik koʻrmoqda

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.
Siyosat
Havola olish
125 0 0

Kelgusi haftada Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindistonga borishi rejalashtirilgan

TOSHKENT, 11 yanv - Sputnik. 2019-yilning 10-yanvar kuni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov Hindiston elchisi Vinod Kumar bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

Uchrashuvda Oʻzbekiston delegatsiyasining Hindiston boʻlib oʻtadigan "Dinamik Gujarat" 9-Xalqaro investitsiya sammitida ishtirokiga va oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlarga tayyorgarlikning borishi koʻrib chiqilgan.

Suhbat davomida Gujarat sammiti doirasida rejalashtirilgan tadbirlarning jadvali va kun tartibi hamda Oʻzbekiston delegatsiyasi ishtiroki bilan bogʻliq tashkiliy-protokol xarakterdagi masalalar muhokama qilingan. Tibbiyot, farmatsevtika va taʼlim sohalarida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirishning zarurligi qayd etilgan.

Eslatib oʻtamiz, "Yorqin Gujarat" xalqaro sammiti 9-bor 18-20 yanvar kunlari Hindistonning Gujarat shtatida oʻtkaziladi.

Gujarat - Hindistonning ijtimoiy-iqtisodiy tomondan rivojlangan regionlaridan biridir. U hindiston milliy taraqqiyoti drayveri hamda savdo, biznes va investitsiya sohasida jozibador regioni hisoblanadi.

Asosiy mavzular