03:19 26 Iyun 2019
Efir
  • RUB135.34
  • EUR9731.96
  • USD8562.34
Jiteli Uzbekistana peresekayut granitsu s Tadjikistanom na KPP Patar, arxivnoye foto

Oʻzbek-tojik chegarasida yana bir nazorat-oʻtkazish punkti ochiladi

© Sputnik / Amir Isayev
Siyosat
Havola olish
248 0 0

“Bobotogʻ” punkti Tojikistonning Hisor va Oʻzbekistonning Sariosiyo tumanini bogʻlashi koʻzda tutilgan.

TOSHKENT, 11 yanv - Sputnik. Oʻzbek-tojik chegarasida yangi “Bobotogʻ” nazorat-oʻtkazish punkti ochiladi, deb xabar qilmoqda Tojik telegraf agentligi.

Davlatlar oʻrtasidagi chegarada yangi NOʻPlar (nazorat-oʻtkazish punkti) ochish toʻgʻrisida Tojikiston rahbari Emomali Rahmonning 2018 yil avgust oyida Toshkentga tashrifi doirasida kelishib olingan edi.

“Bobotogʻ” punkti Tojikistondagi Hisor va Oʻzbekistondagi Sariosiyo tumanini bogʻlashi koʻzda tutilgan. Lekin NOʻP xalqaro statusga ega boʻlmaydi. Mazkur punkt orqali ikki davlat fuqarolari va ularning transport vositalari oʻtishlari mumkin boʻladi.

Avvalroq 2018 yil yanvar oyidan sentyabr oyiga qadar har ikki davlatning bir  milliondan ziyod fuqarosi chegarani kesib oʻtgani maʼlum boʻlgandi.

Asosiy mavzular