Mirziyoyev Samarqandda ko‘proq ko‘p qavatli uylar qurishni topshirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil sovremenniy jiloy kompleks na massive "Korasuv" goroda Samarkanda
Shavkat Mirziyoyev posetil sovremenniy jiloy kompleks na massive Korasuv goroda Samarkanda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident Samarqand seysmik jihatdan ham qulay hududda joylashgani bois kelajakda ko‘p qavatli uylar qurilishi zarurligini ta’kidladi

TOShKENT, 11 yanv - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahri Qorasuv massivida qurilayotgan zamonaviy aholi massivini borib ko‘rdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

2018 yilning o‘zida jami 1 ming 344 xonadondan iborat 32 ta 7 qavatli ko‘p qavatli arzon uy barpo etildi. Bundan tashqari, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya xizmatchilari va yosh oilalarga mo‘ljallangan 5 qavatli 12 ta turar joy qurib, foydalanishga topshirildi. Shu bilan birga, hududda xususiy bog‘cha, shahar ichki ishlar bo‘limi, savdo va maishiy xizmat majmuasi, “Registon” supermarketi qurib bitkazildi. 540 o‘rinli umumta’lim maktabi qurilishi yakunlanmoqda. 

Davlati rahbari Jasur Tursunqulov va Jamshid Kattaqulovlar oilalari ko‘chib kirgan yangi xonadonlarni kirib ko‘rdi, uy sohiblari bilan suhbatlashdi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahri Qorasuv massivida qurilayotgan zamonaviy aholi massivini borib ko‘rdi.
Mirziyoyev Samarqandda ko‘proq ko‘p qavatli uylar qurishni topshirdi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahri Qorasuv massivida qurilayotgan zamonaviy aholi massivini borib ko‘rdi.

“Samarqand turizm markazi bo‘lishi kerak. Shuning uchun bu yerda ko‘p qavatli uylar qurilishini ko‘paytiramiz. Shahar markazida eng zamonaviy talablarga javob beradigan uylar qurilib, aholini ta’minlaymiz. Uylarni qurishdan oldin uning egasi, qaysi qavatda, necha xonali uyda yashashigacha aniq bo‘lishi lozim”, - dedi Mirziyoyev.

Qorasuv massivida 2019-yilda foydalanishga topshiriladigan uylar loyihalari, jumladan, “Agromir bildings” kompaniyasi tomonidan Turkiyaning zamonaviy texnologiyasi asosida monolit usulida barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar joylar taqdimotlari o‘tkazildi.

Mirziyoyev Samarqand seysmik jihatdan ham qulay hududda joylashgani bois kelajakda viloyatning Kattaqo‘rg‘on, Urgut, Paxtachi, Narpay, Qo‘shrabot tumanlari markazlarida ham ko‘p qavatli uylar qurilishi zarurligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0