Kamilov va Atamqulov “O‘zbekistonda Qozog‘iston yili”ni o‘tkazish masalasini muhokama qilishdi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishVstrecha glav MID RF i Uzbekistana S. Lavrova i A. Kamilova
Vstrecha glav MID RF i Uzbekistana S. Lavrova i A. Kamilova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abdulaziz Kamilov Beybut Atamqulovni yuqori va mas’uliyatli Qozog‘iston TIV rahbari lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi va unga muvaffaqiyatlar tiladi.

TOShKENT, 12 yanv  — Sputnik. 2019-yil 12-yanvar kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston ishtirokida “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqotining birinchi vazirlar uchrashuvi doirasida Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Beybut Atamqulov bilan uchrashdi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov  - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov Qirg‘izistonning yangi elchisini qabul qildi

Abdulaziz Kamilov Beybut Atamqulovni yuqori va mas’uliyatli Qozog‘iston TIV rahbari lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi va unga muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chog‘ida vazirlar tomonidan qayd etilganidek,O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlarining Ostona, Samarqand va Sariagashda, xalqaro tashkilotlar tadbirlari chog‘ida o‘tkazilgan uchrashuvlari ko‘p qirrali O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlariga yangi jo‘shqinlik berdi. 2018-yilda o‘tkazilgan Hukumatlararo komissiya, Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi majlislari, birinchi hududlararo hamkorlik forumi va boshqa muhim qo‘shma tadbirlar ikki tomonlama hamkorlikni amaliy jihatdan mustahkamlashga imkon berdi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorlikni kengaytirish, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiy, investitsion, transport-kommunikatsiya sohalarida aloqalarni mustahkamlash uchun ulkan salohiyatga ega ekanligi ta’kidlandi. Xususan, o‘tgan yilning 11 oyi mobaynida o‘zaro savdo hajmi 38 foizga oshib, 2,6 milliard AQSh dollaridan ko‘proqni tashkil etgani bundan dalolat beradi. Hududlararo munosabatlar, ikki mamlakat chegaraoldi viloyatlari o‘rtasida bevosita aloqalar o‘rnatish sohasida foydalanilmagan salmoqli imkoniyatlar mavjud.

Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov ShHT MATT Ijroqo‘mi direktori Sisoyev bilan uchrashdi

Muzokarada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Maslahatlashuv uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish va unda Qozog‘iston delegatsiyasi ishtirokiga doir masalalar muhim o‘rin egalladi.

Shuningdek, tinchlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash, turizm va madaniy-gumanitar sohalaridagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istiqbollari bilan bog‘liq ikki tomonlama va mintaqaviy masalalar ko‘rib chiqildi.

Vazirlar “Qozog‘istonda O‘zbekiston yili”ning muvaffaqiyatli yakunlarini mamnuniyat bilan qayd etdilar va 2019-yili “O‘zbekistonda Qozog‘iston yili”ni o‘tkazishga tayyorgarlik yuzasidan fikr almashdilar.

Yangiliklar lentasi
0