22:38 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Siyosat
Havola olish
487 0 0

Hindiston Eksimbanki bilan Oʻzbekistondagi ijtimoiy muhim loyihalarni moliyalashtirish uchun qiymati 200 million dollarga teng kredit liniyasi ajratish boʻyicha kelishuvga erishildi.

TOSHKENT, 18 yanv – Sputnik. 18 yanvar kuni Gandinagar shahrida boʻlib oʻtayotgan “Joʻshqin Gujarat” xalqaro sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Uchrashuv davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻtgan yili oktyabr oyidagi Hindistonga davlat tashrifi yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarning amaliy ijrosi bilan bogʻliq masalalar, shuningdek Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqildi.  

Tashrifdan soʻng oʻtgan vaqt davomida barcha yoʻnalishlardagi oʻzaro aloqalar faollashgani qayd etildi.

Oʻtgan hafta Samarqand shahrida “Hindiston – Markaziy Osiyo” Muloqoti tashqi ishlar vazirlarining Afgʻoniston ishtirokidagi birinchi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. 

Savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasida Toshkentda qoʻshma Tadbirkorlikni rivojlantirish markazi oʻz faoliyatini boshladi. Mamlakatda Hindiston sanoat konfederatsiyasi vakolatxonasi ochilishi koʻzda tutilmoqda. 

Sammit arafasida Gujaratda Oʻzbekiston-Hindiston ishbilarmonlar kengashining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Hindistonlik hamkorlar bilan Toshkent shahrida ilgʻor axborot texnologiyalari texnoparki, Andijon viloyatida farmatsevtika zonasi tashkil etilmoqda.

“Hindiston Eksimbanki bilan Oʻzbekistondagi ijtimoiy muhim loyihalarni moliyalashtirish uchun qiymati 200 million dollarga teng kredit liniyasi ajratish boʻyicha kelishuvga erishildi”, - deyilgan xabarda.

Yangi oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekistonda Hindistonning yetakchi oliy oʻquv yurtlari – “Amiti” va “Sharda” universitetlari oʻz ishini boshlaydi.

Davlat rahbarlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sogʻliqni saqlash, farmatsevtika tarmogʻi, zargarlik sanoati, qishloq xoʻjaligi, sayyohlik infratuzilmasini modernizatsiya qilish va boshqa yoʻnalishlardagi ustuvor loyihalar va hamkorlik dasturlari amaliy ijrosini jadallashtirish zaruriyatini qayd etdi. 

Madaniy-gumanitar almashinuvni yanada kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari boʻyicha fikr almashildi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi ikki mamlakat oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni faol rivojlantirish yoʻlida qatʼiy ekanliklarini tasdiqladilar.

Uchrashuv soʻnggida Hindistonga uran yetkazib berish boʻyicha imzolangan uzoq muddatli kelishuvni oʻzaro almashish marosimi boʻlib oʻtdi.

Asosiy mavzular