Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga jo‘nab ketdi

Obuna bo‘lish
Tashrif doirasida O‘zbekiston prezidenti Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer, kansler Angela Merkel hamda bundestag rahbari Volfgang Shoyble bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

TOShKENT, 20 yanv – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri Angela Merkelning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Germaniya Federativ Respublikasiga jo‘nab ketdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

“Uchrashuv va muzokarlar natijasida iqtisodiyot, moliya, investitsiya, innovatsiya, ilm-fan, texnika, ta’lim va madaniyat sohalarida muhim hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek xabarda iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik jihatdan ulkan imkoniyatlarga ega Germaniya bilan hamkorlikdan, O‘zbekiston xalqining manfaatini ta’minlash yo‘lida katta maqsadlar ko‘zlangani ham aytib o‘tilgan.

Pravitelstva Germanii i Uzbekistana zaklyuchili soglashenie o finansovom sotrudnichestve - Sputnik O‘zbekiston
Germaniya hukumati O‘zbekistonga 12,3 million yevro ajratadi

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga rasmiy tashrifi 22-yanvarga qadar davom etadi. Tashrif doirasida O‘zbekiston prezidenti Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer, kansler Angela Merkel hamda bundestag rahbari Volfgang Shoyble bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Bu O‘zbekiston prezidentining YeI mamlakatlariga bo‘lgan ikkinchi tashrifi bo‘ladi. O‘tgan yilning oktabr oyida Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga tashrif buyurgan edi.

Yangiliklar lentasi
0