00:54 22 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Nachalis peregovorы Prezidentov Uzbekistana i Germanii

Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti bilan uchrashdi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.
Siyosat
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi (15)
701 0 0

Germaniyada Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi hamda prezident Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 21 yanv – Sputnik. Belvyu saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer kutib oldi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Belvyu saroyida oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi boʻldi. Prezident sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Oʻzbekiston va Germaniya davlat madhiyalari yangradi.

Muzokara avvalida Shavkat Mirziyoyev Frank-Valter Shtaynmayerni joriy yilning may oyida nishonlanadigan Germaniya Federativ Respublikasi tashkil topganining 70 yilligi bilan tabrikladi.

Germaniyada davom etayotgan tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev kantsler Angela Merkel hamda bundestag rahbari Volfgang Shoyble bilan uchrashuvlar oʻtkazishi rejalashtirilgan.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi (15)

Asosiy mavzular