07:35 16 Iyun 2019
Efir
  • RUB131.33
  • EUR9652.52
  • USD8518.68
Boyeviki dvijeniya Taliban

Rossiya "Tolibon" vakillari Afgʻonistondagi saylovlarda ishtirok etishini xohlamoqda

AP Photos / Allauddin Khan
Siyosat
Havola olish
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (35)
609 0 0

Moskva, shuningdek, "Tolibon" harakati bilan "Islom davlati"ga qarshi kurashda hamkorlikda kurash olib borishi mumkin

TOSHKENT, 12 fev - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi toliblar vakillari Afgʻonistondagi saylovlarda ishtirok etishini xohlamoqda, deb xabar qildi RIA Novosti.

Moskva toliblar vakillari Afgʻonistondagi saylovlarda ishtirok etishini xohlar edi, deb aytgan RF TIVning ikkinchi Osiyo departamenti direktori, Rossiya prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zamir Qobulov.

"Ular (Tolibon) vakillari ishtiroki maqsadga muvofiqdir, lekin ularning printsipial yondashuvi boshqa maqsadni oʻz ichiga oladi - ular hozirda Afgʻonistonda amalda boʻlgan Konstitutsiyani toʻliq hajmda tan olmaydilar", - deb aytgan Qobulov matbuot-anjumani vaqtida.

Rossiya prezidentining maxsus vakili shuningdek, Moskva "Tolibon" bilan Afgʻonistonda "ID" terroristik uyushmasiga qarshi kurashda hamkorlik qilishi mumkinligini ham aytib oʻtgan.

Ammo Qobulovning taʼkidiga koʻra, toliblar bu hamkorliksiz ham "Afgʻonistonda ishidchilarni muvaffaqiyatli yoʻq qilmoqda".

Mavzu:
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (35)

Asosiy mavzular