19:28 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Djozef Votel

AQSH Markaziy Osiyo davlatlari mustaqilligiga oʻz hissasini qoʻshmoqchi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Siyosat
Havola olish
380 0 0

Amerikalik general Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik haqida nima dedi.

TOSHKENT, 21 fev – Sputnik. Bugun Toshkentda boʻlib oʻtayotgan Markaziy va Janubiy Osiyo shtab qoʻmondonlari konferentsiyasida AQSH markaziy qoʻmondonligi generarali Jozef Votel soʻzga chiqdi.

Soʻz boshida amerikalik general Oʻzbekiston prezidenti va Mudofaa vazirligiga ushbu anjumanni tashkil qilishdagi saʼy harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi va Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlik oʻrnatishda Oʻzbekiston yetakchi oʻrin tutishini qayd etdi.

Shuningdek, Votel AQSH Markaziy Osiyo hududidagi davlatlar mustaqilligiga oʻz hissasini qoʻshishga asos boʻladigan choralar izlayotganini xabar qildi.

“AQSH, hududdagi davlatlarning barqarorligi va suverenitetiga oʻz hissasini qoʻshish maqsadida, oʻzaro hamkorlikning konstruktiv uslublarini topish va rivojlantirish tarafdori”, - dedi Jozef Votel.

Shu bilan birga Votel anjumanning barcha ishtirokchilariga hududiy xavfsizlikka boʻlgan intilishlari, ushbu yoʻnalishda olib borayotgan suhbat va hamkorliklari uchun minnatdorlik bildirdi.

“Men prezident Shavkat Mirziyoyevga ushbu anjuman muvaffaqiyatidan shaxsan manfaatdor ekanligi uchun va men bilan kelajakda biz, hududiy xavfsizlikni mustahkamlash yoʻlida, qanday hamkorlik qilishimiz mumkinligi haqida oʻz fikrlari bilan boʻlishgani uchun minnatdorlik bildiraman.

Oʻzbekiston xalqiga ham koʻrsatilgan mehmondoʻstlik uchun minnatdorlik bildiraman”, - deb soʻzlarini yakunladi amerikalik general.

Asosiy mavzular