20:22 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Vstrecha glav MID RF i Uzbekistana S. Lavrova i A. Kamilova

Ekstremistlarni taʼminlayotgan "ozuqa muhitini" bartaraf etishda davom etish kerak - Kamilov

© Sputnik / Sergey Pyatakov
Siyosat
Havola olish
40410

Kamilov Oʻzbekistonning IHT va uning tuzilmalari bilan har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini hamda ularga musulmon davlatlarining teng huquqli muloqoti uchun maydon sifatida qarashini qayd etdi

TOSHKENT, 2 mar - Sputnik. Biz Islom hamkorlik tashkilotining terrorizmga qarshi turishda ekstremistlarni taʼminlayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muhitni bartaraf etish borasidagi ishlarini yuqori baholaymiz va bu ishlarni davom ettirish kerak deb hisoblaymiz, dedi Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Abu-Dabi shahrida boʻlib oʻtgan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 46-sessiyasida soʻzlagan nutqida.

Vazir Oʻzbekistonning IHT va uning tuzilmalari bilan har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini hamda ularga musulmon davlatlarining teng huquqli muloqoti uchun maydon sifatida qarashini qayd etdi.

"Biz tashkilotimizning terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashdagi saʼy-harakatlarini yuqori baholaymiz. Terrorizmga qarshi turishda nafaqat terrorning har qanday koʻrinishini yoʻq qilish, balki bir vaqtning oʻzida ekstremistlarni taʼminlayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muhitni bartaraf etish borasidagi ishlarni ham davom ettirish kerak deb hisoblaymiz. Shu nuqtayi nazardan IHT Bosh Kotibiyati tomonidan aʼzo davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, qashshoqlikka qarshi kurashga, taʼlimni rivojlantirish va inson huquqlarini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilayotgani diqqatga sazovor", - dedi Kamilov.

TIV rahbari IHT TIVK kun tartibiga kiritilgan muhim masalalar, jumladan Afgʻonistonda keng miqyosli tinchlik jarayonini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish borasidagi Oʻzbekistonning mavqeyini bildirib oʻtdi.

Asosiy mavzular