03:07 25 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74

Putin chet el razvedkasi Rossiyada nima qidirayotganini aytdi

© Sputnik / Aleksey Filippov
Siyosat
Havola olish
187212

Putinga koʻra, chet el razvedkalari Rossiya yoʻnalishida oʻz faolligini oshirishga intilishmoqda, shu bois RF uchun ahamiyatli boʻlgan maʼlumotlarni ishonchli himoyalash lozim

TOSHKENT, 6 mar - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin chet el razvedka xizmatining Rossiyadan koʻzlayotgan maqsadlari haqida gapirib berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Chet el razvedkalari Rossiya yoʻnalishida oʻz faolligini oshirishga intilishmoqda, shu bois RF uchun ahamiyatli boʻlgan maʼlumotlarni ishonchli himoyalash lozim, deb bayonot qildi Vladimir Putin.

"Biz bugun chet el razvedkalari Rossiya yoʻnalishida oʻz faolligini oshirishga harakat qilayotganini koʻrmoqdamiz, ular turli yoʻllar bilan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, texnologik xarakterdagi maʼlumotlarni olishga harakat qilishmoqda. Sizning ishingiz shu qadar ishonchli boʻlishi lozim", - dedi Putin FSB xayʼat kengashida.

Putin shuningdek, "bugun, chet el razvedkasi vakillari oldingi davrdagi singari, balki undan ham koʻproq RF ichidagi voqealarga taʼsir koʻrsatishga urinishadi". Shu bois, Rossiya yetakchisi FSB oʻz ishini samarali, kundalik va zamonaviy metodlar asosida olib borishi lozimligini uqtirdi.

Asosiy mavzular