"Bir-birini toshbo‘ron qildi": qirg‘izlar va tojiklar o‘rtasida katta janjal yuz berdi

© Sputnik / Amir Isayev / Mediabankka o‘tishStrani mira. Tadjikistan
Strani mira. Tadjikistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
13 mart kuni Kojogarda Qirg‘izistonning Batken tumani Oqsoy qishlog‘i aholisi va Tojikistonning Mehnatobod aholisi o‘rtasida janjal yuzaga keldi. Qishloq ahli ikki marta bir-birini toshbo‘ron qilgan. Tojikistonliklar Qirg‘iziston fuqarosi uyiga o‘t qo‘ygan. Chegarada vaziyat o‘tkir tus olgan

TOShKENT, 14 mar - Sputnik. 13 mart kuni chegaraga yaqin hududda joylashgan Qirg‘iziston va Tojikiston aholisi o‘rtasida mojaro yuz berdi.

Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi kotibi Damir Saginbayev ushbu holatga izoh berdi, deb yozadi Sputnik Qirg‘iziston.

Mojaro 13-mart kuni, chegaraga yaqin hududda joylashgan qishloq aholisi o‘rtasida yuz berdi. Bir nafar Qirg‘iziston fuqarosi jarohat olgan va Samarqandek qishlog‘i shifoxonasiga joylashtirilgan. Batken chegara otradi shaxsiy tarkibi kuchaytirilgan tartibda chegara muhofazasiga o‘tkazilgan.

"Kecha kechki paytdan muzokaralar o‘tkazilishi boshlangan va haligacha davom etmoqda. Qirg‘iziston va Tojikiston huquqni muhofaza qilish organlari vaziyatni barqarorlashtirish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda", - deb aytgan jurnalistlarga Saginbayev.

13 mart kuni qirg‘iziston tomon tashabbusi bilan Qirg‘iziston TIV rahbari Chingiza Aydarbekov va Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tgan. Muloqot davomida vazirlar ikki mamlakatning tegishli organlari o‘rtasida yaqindan hamkorlik qardosh xalqlar o‘rtasida yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini saqlab qolishi hamda yanada kuchaytirishida katta ahamiyat kasb etishini qayd etganlar.

Yangiliklar lentasi
0